O‘zbekiston | 18:01 / 10.09.2020
5741
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): O‘zbekiston iste'molchilari uchun Ayzovat-8 qudug‘idan kuniga 800 ming kub.m gaz yetkazila boshladi

Joriy yilning 10 sentabr kuni ertalabki soat 10:35da yangi ochilgan Ayzovat konidagi 8-sonli quduqning gaz o‘tkazgich (shleyf) quvurga muvaffaqiyatli ulanishi bilan birga, kondan Chigil gaz yig‘uv inshootigacha cho‘zilgan quvur qurilishi ham yakunlandi.

Masofasi 21 km bo‘lgan quvur tortish ishlari 17 kun ichida amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyatining Kultak-Qamashi investitsiya blokida joylashgan, baholangan zaxiralari 10 mlrd kub.m gacha gazni tashkil etgan Ayzovat koni kompaniya tomonidan ochilgan edi.

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda olib borilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid