Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda poyezd quloqchin taqqan bolani urib ketmaslik uchun favqulodda to‘xtashga majbur bo‘ldi
6 sentabr kuni soat 06:43 larda Maroqand–Tinchlik yo‘nalishidagi yuk poyezdi Kattaqo‘rg‘on–Zirabuloq temir yo‘l bekatlarining 4-piketida harakatlanib ketayotganida favqulodda to‘xtashni amalga oshiradi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i kapitan Alisher Ochilov Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahallardan birida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan R.F. temir yo‘l izlari ichida quloqchin taqib ketayotganida orqa tomondan kelayotgan yuk poyezdining signal berishini eshitmaydi.
Oqibatda poyezd ushbu voyaga yetmagan shaxsni urib yubormaslik uchun favqulotda tormoz berib, qiyinchilik bilan to‘xtashga majbur bo‘ladi. Poyezd 15 daqiqadan so‘ng o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.
Holat mahalla va ta'lim muassasasida muhokama etilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alisher Ochilovning aytishicha, Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bilan hamkorlikda haftaning har chorshanba kuni «Temir yo‘llarda xavfsiz kun» va har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» targ‘ibot kunlari o‘tkazmoqda.
Bu kunlarda temir yo‘l xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha, shu jumladan: maishiy chiqindilar tashlash, tan jarohatlari olish, baxsiz xodisalar, o‘z joniga qasd qilish, vagon oynalari sindirilishi, temir yo‘l signalizatsiya va aloqa vositalariga shikast yetkazish, temir yo‘lga begona jism qo‘yish, temir yo‘llarda tashilayotgan tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida temir yo‘l atrofida joylashgan mahallalar, korxona-tashkilotlar, ta'lim muassasalarida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
12:57 / 23.12.2025