Assalom Sohil – poytaxtning yangi durdonasi!
Assalom Sohil – bu Toshkentning janubiy-sharqiy qismida, Yashnobod tumanida, Farg‘ona Yo‘li bo‘yida joylashgan zamonaviy turar joy majmuasidir.
Loyiha eng yaxshilarini o‘z ichiga oldi: mualliflik texnologiyasi asosidagi qurilish, bolalar bog‘chasi va maktab, yirik savdo-ko‘ngilochar markazi, obodonlashtirilgan hovli, rivojlangan infratuzilma va ajoyib ob-havo. Majmua aholisi mutlaqo yangi sifatda hayot kechirishni boshlaydi, tuman esa haqiqatdan ham qulay va shinam tumanga aylanadi.
Turar joy binolarining qurilishi bir necha bosqichdan iborat hamda 22 ta biznes va komfort toifadagi xonadonlar quriladi, ularda jami 3128 ta xonadon bo‘ladi.
Bundan tashqari, farzandli oilalar qulayligi uchun majmua hududida bog‘cha va maktab quriladi. 360 ta bolaga mo‘ljallangan bog‘chada zamonaviy oshxona, musiqa, raqs va gimnastika zallari, logoped kabineti va keng bolalar maydonchalari bo‘ladi. Maktab esa 990 ta o‘quvchini sig‘dira oladi, unda zamonaviy interaktiv ta'lim uslublari asosida matematika, fizika, informatika fanlari hamda xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi.
Aholi xavfsizligi uchun butun perimetr bo‘ylab kuzatuv kameralari o‘rnatiladi, qo‘riqlash xizmati xodimlari jalb qilinadi. Avtomobil egalari uchun maxsus avtoturargohlar tashkillashtiriladi, butun majmua bo‘ylab turargohlardagi joylar soni 1500 dan oshadi.
Biz jo‘shqin rivojlanib borayotgan dunyoda yashayapmiz va texnik taraqqiyot talablari hamda elektr quvvatida yuradigan mashina egalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, turar joy majmuasi hududida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shuningdek, jismoniy mashg‘ulotlar uchun alohida stadion ham quriladi. Havoning tozaligini ta'minlash uchun butun hudud ko‘kalamzorlashtiriladi, majmua markazida mevali bog‘ barpo qilinadi.
Assalom Sohil'ning faxri – Sohil Marine deb nomlangan yirik savdo-ko‘ngilochar markazi 6 gektar yer maydonini egallaydi. Savdo markazi shaharning gavjum Farg‘ona Yo‘li bo‘yida, Qorasuv kanali sohilida, avtomobilda shahar markazigacha 8-10 daqiqalik uzoqlikda joylashadi. Yaqin orada esa jamoat transportlari bekatlari mavjud.
Bu shunchaki do‘konlar to‘plami emas, balki tashrif buyuruvchilar uchun ko‘ngilochar-madaniy klaster hisoblanadi. Bu yerda siz brend kiyimlar butiklariga, turli yo‘nalishdagi do‘konlariga tashrif buyurishingiz, kayfiyatingizga mos kiyim-kechak tanlashingiz hamda izlagan har qanday narsangizni osongina topishingiz mumkin. Siz shinam muhitda bir finjon choy yoki mazali taom, kitob mutolaasi va shunchaki yaxshi musiqa bilan rohatlanib o‘tirgan paytingizda, farzandlaringiz yorqin bolalar maydonchalarida zavqlanib o‘ynashlari mumkin. Agar siz faol hordiq tarafdori bo‘lsangiz, sport hududi (futbol, basketbol, tennis, vorkaut hududi, velosiped yo‘laklari) sizning eng sevimli joyingizga aylanadi. Bu har bir shahar aholisi uchun individuallik baxshida etuvchi va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga imkon beruvchi madaniy-tijoriy markaz bo‘ladi.
Sohil Marine – bu majmuaning sokin oqib o‘tayotgan anhor bo‘yida joylashgan durdonasidir. Markaz inshootlari noodatiy esda qolarli me'morchilik uslublariga ega – burchakli shakllar va materiallar fakturalari uyg‘unlikda zamonaviy markaz timsolini yaratadi. Markaz ayniqsa kechki payt, neonli yoritqichlar va suvdagi aks tufayli yorqin tusga kiradi. Anhorning suv yuzasi keng maydon hissini beradi va hududni tabiiy yorug‘lik bilan to‘ldiradi.
Sohil Marine savdo-ko‘ngilochar markazi butun shahar aholisi va uning mehmonlarini o‘ziga jalb qiluvchi maskanga aylanadi va unga tashriflar soni oyiga 150.000 kishini tashkil qilishi kutilmoqda.
Assalom Sohil TJM savdo ofisi: Yashnobod tumani, Farg‘ona Yo‘li ko‘chasi.
Telefon: +99878 888-55-88
Golden House markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.
Call-markaz: +998 78 150-11-11
Veb-sayt: assalomsohil.gh.uz
Facebook: fb.com/assalomsohiluz
Instagram: @assalom_sohil
Telegram: t.me/goldenhouseuz
Reklama huquqi asosida