O‘zbekiston | 20:54 / 17.09.2020
157160
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 1 oktyabrdan chegaralarini ochadi

2020 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axborotida ma'lum qilindi.

Qarorda karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish, xususan, xalqaro qatnovlarni tiklash orqali aholi hamda tadbirkorlik sub'yektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.

«Respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishi bo‘yicha bundan oldin kiritilgan cheklovlar yumshatilib, 2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi», deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.

Maxsus komissiyaning 2020 yil 31 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik yo‘riqnoma talablari barcha turdagi xalqaro aviaqatnovlarga va xalqaro temir yo‘l qatnovlarini amalga oshirish holatlariga ham tegishliligi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilangan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi