12:00 / 20.09.2020
11522
Reklama

Yashash va dam olish uchun 23,5 gektar maydonli ekologik maskan

Uy-joy qanchalik zamonaviy va qulay bo‘lishi kerakligi haqida tez-tez gaplashamiz. Odatda, bu bir qator standart xususiyatlar: qulay joy, rivojlangan infratuzilma, qavatlar soni, derazadan ko‘zga tashlanadigan manzara, obektning texnik xususiyatlari va boshqalar. Ammo, so‘nggi voqealar sabab kelajakda uy-joyni tanlashga ta'sir ko‘rsatadigan zarur jihatlar ro‘yxati jiddiy o‘zgarishlarga duch keldi.

Jahon pandemiyasi, keyinchalik karantin choralari harakatlanish erkinligini majburan cheklashga olib keldi va yashash maydonini puxta o‘ylab loyihalash qanchalik muhim ekanligi ma'lum bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uylari to‘rt devori ichida qolishga majbur bo‘ldilar. Bu, ayniqsa, ko‘p qavatli turar-joylarda yashovchi keksalar va bolalarga ta'sir qildi.

Bizning Uylar kompaniyasining Olmazor Business City turar joy majmuasi rivojlangan infratuzilmaga ega. Bu yerdagi aholi keng muhitda istiqomat qilib hayotdan to‘la zavq olishlari mumkin. Ko‘p qavatli binolarga ega majmua 23 gektardan katta maydonda joylashgan. Uning hududida 28 ta turar joy binolari mavjud bo‘lib, ularning balandligi 9 dan 30 qavatgacha yetadi. Xaridorlarga 39 dan 125 m² maydongacha bo‘lgan 2084 ta xonadon taklif etiladi. Birinchi qavatlar – 20000 m² maydon esa turar joy majmuasi hududida shaxsiy biznes tashkil qilish yoki turli xil xizmatlar va xaridlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan savdo ko‘chmas mulk zonalari uchun ajratilgan.

Olmazor Business City – bu qulay va barcha jihat hisobga olib loyihalangan turar joy majmuasidir. Unda istiqomat qiluvchi va mehmonlarga yer usti va yer osti avtoturargohlar, keng va yopiq, ichki hovlidagi ko‘kalamzor maydonchalar, sun'iy ko‘llar, sayr yo‘laklari va suhbatlar uchun xiyobonlar, sport va o‘yin maydonchalari, xususiy bolalar bog‘chasi va maktablar xizmat ko‘rsatadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Instagram: @bizninguylar 

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: www.bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top