O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga kamaydi
2020 yilning yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 24,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd AQSh dollariga yoki 12,7 foizga kamaydi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning 160dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (16,4 foiz), Rossiya Federatsiyasida (14,6 foiz), Qozog‘istonda (7,2 foiz), Koreya Respublikasida (5,9 foiz), Turkiyada (5,0 foiz), Qirg‘iziston Respublikasida (2,3 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (461,8 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston Respublikasi (394,5 mln. AQSh dollari), Tojikiston (193,1 mln. AQSh dollari) va Eron (39,6 mln. AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 16ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2020 yilning yanvar-avgust oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 29,9 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan ulushi 8,7 foizga kamaygan.
Boshqa xorijiy davlatlar bilan TSA 2020 yilning yanvar-avgust oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan 8,7 foizga ko‘paydi va jami TSAdagi ulushi 70,1 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
10:56
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024
Rossiyada 2024 yildagi mehnat migrantining o‘rtacha statistik portreti tuzildi
10:13 / 03.12.2024