Tesla bir quvvatlanishda 840 kilometr yo‘l bosa oluvchi yangi modelini taqdim qildi
AQShning Tesla kompaniyasi yangi elektromobili Model S Plaid’ni taqdim qildi. Yangi modelning o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, u bir quvvatlanishda 840 km yo‘l bosa oladi.

Foto: Tesla
Battery Day tadbiri davomida taqdim qilingan mashina 96 km/soat tezlikka 2 soniyadan kamroq vaqt ichida erisha oladi, uning maksimal tezligi soatiga 322 kmni tashkil qiladi.
Kompaniya rahbari Ilon Maskning ma'lum qilishicha, Model S Plaid prototipi Laguna Seca trassasida sinovdan o‘tkazilgan.
Yangi modelning boshlang‘ich narxi 139990 dollarni tashkil qiladi. Kompaniyada mashina uchun buyurtmalar olina boshlangan. U 2021 yil oxiridan boshlab o‘z egalariga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Ilon Mask Battery Day tadbirida elektromobillarga xarajatlarni qisqartirishi va 25 ming dollarga avtopilotli elektrokar chiqarishini e'lon qilgach, kompaniya aksiyalari 12 foizga arzonlashib ketgan va buning oqibatida kompaniya bozor qiymati 50 mlrd dollarga qisqargan.
Ta'kidlanishicha, investorlar tadbirda elektokarlarga bir quvvatlanishda million mil yo‘l bosishga imkon beruvchi yangi batareya taqdim qilinishini kutishgan. Biroq ularning umidlari oqlanmagan va umuman olganda, ekspertlarning ta'kidlashicha, tadbirda “biror sezilarli hodisa yuz bermagan”.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 14:23
-
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi
Jahon | 13:54
-
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni gazga ulashda muammolar yuzaga kelyapti
O‘zbekiston | 13:53
Mavzuga oid

20:51 / 26.06.2025
Tesla robot-taksisining birinchi ommaviy sinovlari yo‘llarda muammolarga olib keldi

01:37 / 24.06.2025
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi

22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi

18:36 / 26.05.2025