O‘zbekiston | 07:31 / 24.09.2020
67071
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kunida avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish maqsad qilingan.

Prezidentning “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

22 sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan:

a) 2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” deb e'lon qilinadi hamda shu kuni avtomobilda harakatlanish taqiqlanadi (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat ko‘rsatadigan texnikalar, jamoat transportlari, zarur hollarda foydalaniladigan shaxsiy avtomobillar bundan mustasno);

b) qo‘shimcha ravishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari asosida tumanlar va shaharlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini o‘tkazish belgilanishi mumkin;

v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar “Avtomobilsiz kun” tadbirlarini o‘tkazilishini ta'minlaydilar;

g) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan hamkorlikda hududlarda “Avtomobilsiz kun” tadbirlari davomida jamoat tartibi saqlanishini va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid