DTM 189 ball olgan abituriyentlar ham kontrakt asosida talaba bo‘lganiga izoh berdi
DTMning yozishicha, ayrim yo‘nalishlarga hujjat topshirgan respublika va xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lgan imtiyozli abituriyentlar soni ajratilgan grantdan ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ham 189 ballik abituriyentlar ham shartnoma asosida qabul qilingan.

Foto: KUN.UZ
Davlat test markazining ma'lumot berishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblariga qo‘shimcha kvota ajratilmaydi.
Qayd etilishicha, respublikada 1-o‘rinni va xalqaro tanlovlarda 1-3-o‘rinni egallagan Olimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatining individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, professional ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarining bitiruvchilari OTMga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.
Respublika va xalqaro tanlovlar, musobaqalarning jamoa turlari g‘oliblari esa o‘zlarining orasidan OTMga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydi.
“Bunday imtiyozga ega abituriyentlar umumiy qabul parametrlari asosida talabalikka qabul qilinadi, ularga qo‘shimcha qabul parametrlari ajratilmaydi.
Ayrim bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida imtiyozga ega bu turdagi abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tgan va ularning soni ajratilgan davlat grantlari soniga teng yoki undan ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun 189 ball to‘plagan abituriyentlar ham to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan”, - deb yozmoqda Davlat test markazi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlarining javobi 25 sentabr kuni e'lon qilindi.
Test natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 28 sentyabrdan boshlab apellyatsiya shikoyati yuborishlari mumkin. 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktda o‘qish imkonidan foydalanishni xohlagan abituriyentlar 26 sentyabrdan boshlab OTMlarga murojaat etishi mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

19:47 / 26.02.2021
Viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi - prezident

10:14 / 26.02.2021
OTMda ikki va undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta'lim kreditlari berilishi mo‘ljallanmoqda

16:24 / 06.02.2021
«Yoshlar ta'lim granti» loyihasi doirasida 203 nafar talabaning shartnoma puli 50 foizgacha bo‘lgan qismda to‘lab berildi

17:16 / 01.02.2021