O‘zbekiston | 20:33 / 26.09.2020
9316
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): O‘zbekiston gaz yetkazish tizimini rivojlantirish davom etmoqda

EDC kuz-qish mavsumida aholiga gaz yetkazish barqarorligini ta'minlash maqsadida respublika gaz yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlarini bajarmoqda. Mazkur ishlar bilan Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy, Namangan hamda Qashqadaryo viloyat hududlari qamrab olingan.

Jumladan:

  • “Ohangaron-Pungan” gaz quvurining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida, uzunligi 25 km bo‘lgan yonlama quvur tortish (luping) hamda quvurning 338 km dan boshlangan, “Yangiyer KS-Shirin GTS” gacha bo‘lgan 4,7 km lik masofada gaz oqimi yo‘nalishini o‘zgartirgich (otvod) qurilishi;
  • “Muborak-Zirabuloq” (BGX-TBA), “DBST”, “Kelif-Muborak” va “BGX-TBA-A” gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik avariyaviy qismlarini to‘liq ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

26 sentabr holatiga ko‘ra:

  • Yuqori tog‘ qismidan o‘tuvchi gaz quvurlarini yotqizish uchun yo‘lak tayyorlash – 3,7 km;
  • Yotqizish uchun yo‘lakka olib kelingan quvurlar – 11,6 km;
  • Kavlangan zovurlar – 5,4 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 8,5 km;
  • Yotqizilgan quvurlar 4,6 km ni tashkil etdi.

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq tarzda bajarilmoqda.  

Epsilon Matbuot xizmati

Mavzuga oid