22:55 / 30.09.2020
12515

Ozarboyjon Armanistonning 16 tanki yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Shuningdek, bitta "Uragan" reaktiv tizimi, to‘rtta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi, to‘rtta D-20 gaubitsa-zambaragi, bitta jangovar piyoda mashinasi va ikkita yuk mashinasi yo‘q qilingan.

Foto: RIA "Novosti"

Ozarboyjon qurolli kuchlari Armaniston qurolli kuchlariga qarashli "OSA-AKM" zenit-raketasi  majmuasining ikkita jangovar mashinasi va 16ta tankini yo‘q qildi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligiga tayanib Interfaks xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shuningdek, bitta "Uragan" reaktiv tizimi, to‘rtta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi, to‘rtta D-20 gaubitsa-zambaragi, bitta jangovar piyoda mashinasi va ikkita yuk mashinasi yo‘q qilingan.

Rasmiy Yerevan seshanba kuni raqib endi Qorabog‘ hududida emas, Armaniston hududida harbiy harakatlar boshlagani, aviatsiya kuchlari amaliyoti vaqtida turklarning F-16 rusumli qiruvchi samolyoti armanlarning Su-25 samolyoti tomonidan urib tushirilgani haqida xabar berdi.

Ozarboyjon va Turkiya bu xabar asossiz ekanini bildirdi; Turkiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Faxriddin Oltin buni «arzon tashviqot o‘yinlari» deb baholadi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku tomonidan harbiy harakatlar to‘xtatilishining yagona sharti Tog‘li Qorabog‘ hududidan Armaniston qurolli kuchlarining to‘laligicha va zudlik bilan olib chiqib ketilishi ekanligini aytdi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top