O‘zbekiston | 09:05 / 02.10.2020
15150
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Dream City: Seoul Mun qurilishining birinchi bosqichi boshlandi

Dream City Development kompaniyasi Seoul Mun savdo-dam olish markazi qurilish ishlari boshlanganini xabar beradi. Avgust oyida kompaniya Seoul Mun o‘ziga xos loyihasini savdo joylari sotuvi boshlanganini e'lon qilgandi.

“Seul darvozasi” – bu poytaxt markazida Bo‘rijar kanali bo‘ylab 700 metrga cho‘zilgan ajoyib manzaraga ega savdo maskani.

Bu yerda tadbirkorlarni 40 dan 1000 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan restoranlar, butik, go‘zallik salonlari, o‘yinchoqlar do‘koni, ko‘rgazma zali, spa majmualari, ko‘ngilochar markazlar va boshqa turdagi biznesni rivojlantirish uchun 240 dan ortiq turli formatdagi joylar kutmoqda.

Ayni paytda kanalning janubiy-g‘arbiy qirg‘og‘ida tuproq qatlamlarini barqarorlashtirish va mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tuproqning yetarli darajada zich bo‘lmasligi – bu suvga yaqin obektlarni loyihalashda ishlab chiquvchi duch keladigan keng tarqalgan muammolardan biri. Qoziqlar gorizontal va vertikal og‘irlikni qabul qilib, turli vaziyatlarda, zilzila vaqtida bardosh bera oladi. Qoziqlarni bog‘laydigan ankerlar ularning barqarorligini oshiradi va qurilish maydonchasi yuqorisidagi yo‘l ko‘chkilarning oldini oladi.

Tuproq va poydevorlarning cho‘kishi, shuningdek devorlar, shiftlar va pollar yuzasidagi yoriqlar kabi muammolarni oldini olish uchun kompaniya temir beton qoziqlar orqali tuproqni mustahkamlash texnikasini qo‘llaydi. Buning uchun tuproqni burg‘ulash maxsus uskunasi – SOILMEC SR-40 qurilmasi (Italiya) yordamida butun qirg‘oq bo‘ylab 12-15 sm masofada burg‘ulash ishlari amalga oshiriladi. Keyinchalik, qoziqlar burg‘ulangan teshiklarga o‘rnatiladi. Ular zich tuproq qatlamiga yetib borishi kerak. Tuproqning chuqurligiga qarab qoziqlarning balandligi 17,25 m dan 7,5 m gacha o‘zgarib turadi va diametri 65 sm bo‘ladi.

Qoziq tayyorlash uchun mustahkam At-500 armaturasi qo‘llaniladi. Keyinchalik obektning butun vertikal yuki ularning ustiga tushadi. Oxirgi bosqichda qoziqlarga M550 markali suyuq beton quyiladi. Ushbu marka kapital qurilish uchun zarur bo‘lgan bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi: maksimal mustahkamlik, zichlik, sovuq va issiq havoga chidamliligi hamda suvga chidamli hisoblanadi. Janubiy-g‘arbiy sohilda 506 ta qoziq 630 ta tirgakli anker bilan mustahkam bog‘lab o‘rnatiladi.

Ilg‘or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalardan foydalanish binolarning xavfsizligi va mustahkamligini kafolatlaydi, shuningdek, kompaniyaga qurilish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi. Bundan tashqari qurilish ishlari atmosferani, suvni va yer osti suvlarini ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi jahon mutaxassislari Knight Frank va Cushman & Wakefield prognoz baholashiga ko‘ra, mazkur loyihani foydalanishga topshirish vaqtida kapitallashuvi 30% ni tashkil qiladi.

Dream City Development kompaniyasi ofisida siz uchun bu maskanning ixcham modeli taqdim etilgan. Sotuv ofisi menejyerlari sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishadi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid