Jahon | 23:57 / 08.10.2020
3903
1 daqiqa o‘qiladi

900dan ko‘proq o‘zbekistonlik Volgograd oblastidan vatanga jo‘natildi

Rossiyaning Volgograd oblastida joylashgan Voljskiy shahridan 900dan ko‘proq o‘zbekistonlik poyezdda vatanga jo‘natildi. Bu haqda Volgabo‘yi temir yo‘lida ma'lum qilindi.

Foto: privzd.rzd.ru

Volgabo‘yi temir yo‘li vakilining ma'lum qilishicha, 8 oktabr mahalliy vaqt bilan soat 21:57da (Toshkent vaqti bilan soat 22:57da) Voljskiy – Toshkent poyezdi bilan 938 o‘zbekistonlik vatanga jo‘natilgan. 

Uning ta'kidlashicha, bu poyezd O‘zbekiston fuqarolarini ushbu hududdan olib chiqishga mo‘ljallangan 5-maxsus poyezddir. Voljskiydan hammasi bo‘lib O‘zbekistonga 4,5 ming kishi jo‘nagan. Shuningdek, “RJD” qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga jo‘natish bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar belgilash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

“Hozirda Voljskiydagi musulmon madaniy-oqartuv markazida O‘zbekistonning 450 fuqarosi qolmoqda. Ular yegulik, yotoq bilan ta'minlangan. Hukumat, xayriya tashkilotlari hamda shunchaki befarq bo‘lmagan odamlar yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam bermoqda”, deb ma'lum qilgan Volgograd oblasti musulmonlar markaziy diniy boshqarmasi muftiysi Abdulla Hoji.

Mavzuga oid