Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Maktab uchun o‘quv korpusi, yotoqxona, oshxona barpo etilmoqda, akademiyaning mavjud binolari rekonstruksiya qilinmoqda. Majmuada, shuningdek, jismoniy-harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, avtodrom, plats va boshqa obektlar bo‘ladi.
Temurbeklar maktabi tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan bo‘lib, unda 200 nafar yosh saboq oladi.
Shu yerda mazkur ta'lim maskaniga bolalarni saralash va o‘qitish tizimi haqida ma'lumot berildi. Davlatimiz rahbari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarga yurtimiz tarixi va o‘zbek tilini chuqur o‘rgatish, darslarga har bir fan bo‘yicha yetakchi pedagoglarni jalb etish muhimligini ta'kidladi.







Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025