Yangi supero‘tkazgich energiya inqilobiga sabab bo‘lishi mumkin
Elektr tokini xona haroratida supero‘tkazuvchi material ixtiro qilindi.
Odatda energiya o‘tkazuvchi materiallar juda past darajada sovutish orqali sinovdan o‘tkaziladi. Elektr o‘tkazuvchi materialning supero‘tkazuvchanligiga 1911 yil uni 273,15 C darajada sovutish orqali erishilgan. O‘shandan beri ko‘plab yaxshi elektr o‘tkazuvchi materiallar topilgan, ammo ularning hammasi sovuq haroratni talab qilgan.
Yangi ishlab chiqilgan xona haroratida supero‘tkazuvchan material elektr energetika sohasida inqilob yasashi mumkin. Odatiy elektr o‘tkazuvchi materiallardan sanoatda foydalanganda energiyaning katta qismi elektr qarshiligiga uchrab, issiqlik bo‘lib chiqib ketadi, ya'ni samarasiz ketadi. Yangi supero‘tkazuvchan material esa ortiqcha energiya sarfini kamaytiradi.
Ma'lumot uchun, AQShda ishlab chiqarilgan energiyaning 5 foizi energiya o‘tkazish jarayonida behuda sarflanadi. Agar ixtiro ish bersa, AQSh energetikasida milliardlab dollar tejab qolish imkoni paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu o‘zgarish iqlim o‘zgarishiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:29 / 29.10.2024
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
00:36 / 19.10.2024
Kuba elektr energiyasidan butkul uzilib qoldi
23:32 / 18.10.2024