Avstraliyaning şarqiy qirğoğidagi koala sonini köpaytiriş dasturida ixtisoslaşgan dronlardan foydalanilmoqda. Butunjahon yovvoyi tabiatni asraş fondi (WWF) mamlakatning tarixiy yonğinlarida yongan butazorlarni qayta tiklaş uçun saqiç daraxtlari uruğlarini dronlar yordamida sepib çiqmoqda.
Saqiç daraxti barglari koalaning asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi. 2019-2020 yilning yonğinlarida vayron bölgan butazor va örmonlarni tiklaş koalalarning omon qolişiga yordam beradi.
WWF'ning hisob-kitobiga köra, yonğinlar sabab 3 milliard sut emizuvçi, quş va sudralib yuruvçi nobud bölgan yoki köçirilgan. Avstraliyaning janubi-şarqida 11 million gektar hudud böylab 7 milliard donagaça daraxt yonib ketgan yoki zarar körgan. Bu Buyuk Britaniyaning yarim maydoniga teng degani.

WWF'ning Avstraliya bölimi şarqiy sohilda koala sonini ikki baravar köpaytirişni maqsad qilib, uruğ ekişda uçuvçisiz dronlar va boşqa usullar sinovini moliyalaştiriş uçun 5 yil davomida 300 million Avstraliya dollari (210 million AQŞ dollari) yiğmoqçi.
WWF'ning ba'zi uçuvçisiz samolyotlari kuniga 40 ming dona uruğ ekişi mumkin va bu yonğin parçalagan landşaftlarni tiklaşga yordam beradi.
Iyun oyida parlament sörovida Yangi Janubiy Uels ştatidagi koalalar va ularning yaşaş joylarini himoya qiliş uçun zudlik bilan çoralar körilmasa, 2050 yilgaça yöq bölib ketişi mumkinligi aniqlandi.
Avstraliyadagi örmon yonğinlari mavsumi oxirgi yillarda, ayniqsa, falokatli ötmoqda. Ular köp yillar davom etgan qurğoqçilikdan söng butazorlarni quritib, 34 kişining ölimiga sabab bölgan, 3000 ga yaqin uy vayron bölgan.












