Avstraliyaning janubiy sohillariga qariyb 3,5 ming kilometr uzoqlikdan — Antarktidadan imperator pingvini kelib qoldi, deb xabar beradi Associated Press.

Pingvinni Denmark şahri yaqinida payqab qolişgan. Aaron Fauler ismli syorfer uni körib qolib, avvaliga juda katta dengiz quşi deb öylagan. Bir neça daqiqadan keyin böyining balandligi salkam bir metrga yetadigan imperator pingvini sohilga çiqqan. Guvohlarning sözlariga köra, unda biror nimadan qörqiş yoki hujum qilişga uriniş belgilari kuzatilmagan. Şundan keyin pingvin qumni qor deb öylab, unga kömilişga uringan, ammo köp ötmay örnidan turgan va qum zarralarini qoqib taşlagan.

Ğarbiy Avstraliya universiteti ilmiy xodimi Belinda Kennellning ma’lum qilişiça, bu avvallari Avstraliyada biror marta kuzatilmagan eng yirik pingvin turi hisoblanadi.

Hozirda pingvin dengiz quşlari böyiça mutaxassis Kerol Biddulf boşçiligida nazoratga olingan — öziga begona bölgan iqlimga moslaşişi uçun unga sovuq suv purkaşmoqda. Pingvin böyining balandligi 1 metrni, vazni esa 23 kilogrammni taşkil etadi.

«Barça sa’y-harakatlar pingvinning reabilitatsiyasiga qaratilgan. Ayni vaqtda bir qator variantlar, jumladan, uni Antraktidaga qaytariş imkoniyati körib çiqilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda Yangi Zelandiya qirğoqböyi aholisi plyajlardan birida noyob mehmon – Adeli pingvinini uçratişgandi. Uni körganlarning sözlariga köra, pingvin uzoq vaqt harakatsiz turgan. Bu mazkur turga mansub pingvin vakili Yangi Zelandiyada uçraşi bilan boğliq uçinçi holat hisoblanadi. Dastlabki bu kabi ikki hodisa 1962 va 1993 yillarda kuzatilgan.