Bu maqola çekuvçilarning bu zararli odatini taşlaşiga sababçi böla olişi ehtimoli kam. Ammo çekişni endi boşlaganlar yoki tamakining hidiga işqiboz bölganlardan kimdir quyidagi faktlar bilan tanişib, sigaretga ruju qöymasligi ham juda muhim.
Unutmang:
- Bugungi kunda dunyo böyiça 1,2 mlrd nafarga yaqin kaşandalar bor va ularning soni yoşlar va ayollar hisobiga ham muttasil ortib bormoqda.
- Çekişni taşlaşni tasavvur qila olmaydigan aşaddiy tutatuvçilar miokard infarktiga uçraşlari, ya'ni haqiqiy azobni his qilişlari bilan 90 foizdan ortiq hollarda bu odatdan voz keçadilar.
- Muntazam çekuvçilarning har öninçisi saratondan vafot etadi. Onkologik kasalliklarga uçraganlarning aksariyatini çekuvçilar taşkil qiladi.
- Çekiş boşqa kasalliklarning zararli oqibatlarini karrasiga oşiradi. Masalan, yurak yoki öpkaning çekişga boğliq bölmagan kasalliklari ham bu illat bilan birga juda oğir keçadi.
- «Keksalikda aqliy zaiflikning oldini olişda çekiş qöl keladi», degan bema'ni tuşunça saqlanib qolgan. Umuman, zamonaviy tibbiyotda çekişning biror bir ijobiy jihati tasdiqlanmagan.
- Çekişni taşlaş köpçilik öylaganidek qiyin narsa emas. Bu illatdan voz keçganlarning 60 foizi keyinçalik juda oson bölganini, bilganlarida ança oldin taşlaşlari mumkin ekanligini aytişgan.
- Sigaret qoldiği ham zararli. U örtaça 10-15 yilda çirib bitadi va ungaça tuşgan joyini zararlab turadi.
- «Bir gramm nikotin otni öldiradi» degan gap bor. Buning yana bir tuşunarli şaklini keltirib ötiş örinli – 5 dona sigaret tarkibidagi nikotin odamni öldirişga qodir. Yaxşiki organizm bu zararli moddani tölaligiça özlaştirmaydi, yöqsa şu paytgaça kaşandalarning bari qirilib bitardi.
- Tamaki tutuni mişyak, formaldegid, qörğoşin, azot oksidi, ammiak kabi qirqdan ortiq kanserogenlar (saraton çaqiruvçilar) saqlaydi. Hatto u bezarar bölganda ham kaşanda vujudiga singib ketgani ortidan kelib turuvçi badböy hid barçani behuzur qiladi.
- AQŞning maşhur sigareti reklamasida kovboylar kiyimida suratga tuşgan ikki aktyor öpka rakidan vafot etişgan.
Çekiş va koronavirus
Pandemiya davrida çekiş muammosi yangiça tus oldi. Koronavirus dastlabki zarbani öpkaga berarkan, çekiş natijasida quruqşab borayotgan hayotiy muhim a'zo nisbatan osonroq taslim böladi.
Bugungi kunda köp kuzatyapmiz – ölim sababi sifatida öpka yetişmovçiligi körsatiladi. Bu asorat paydo bölişida aynan çekiş odati katta rol öynaydi.












