Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON (EDC): Kuz-qish mavsumida gaz yetkazish infratuzilmasi ishonchliligini mustahkamlash – birlamchi vazifadir
Respublika, jumladan Farg‘ona vodiysi iste'molchilariga kuz-qish davrida gaz yetkazib berish ishonarliligini oshirish maqsadida asosiy gaz yetkazish quvurlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Hozirda «Ohangaron-Pungan» asosiy gaz quvurida uzunligi 25 km bo‘lgan yonlama quvur tortish hamda quvurning 338 km dan boshlangan, «Yangiyer KS-Shirin GTS»gacha bo‘lgan 4,7 km lik masofada gaz oqimi yo‘nalishini o‘zgartirgich qurilishi, shuningdek, «Muborak-Zirabuloq» (BGX-TBA), «DBST», «Kelif-Muborak» va «BGX-TBA-A» gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik avariyaviy qismlarini to‘liq ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
22 oktabr holatiga ko‘ra, jami:
- Yuqori tog‘ sharoitida quvurlar yotqizish uchun tayyorlangan yo‘lak – 7,4 km;
- Yo‘lakka olib kelingan quvurlar – 17 km;
- Kavlangan zovurlar – 7,2 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 11,6 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 5,8 km ni tashkil etdi.
Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq ravishda bajarilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:51 / 15.11.2022
EPSILON (EDC): Karakara-2 qudug‘i berayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi
16:12 / 27.10.2022
EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda
20:50 / 21.10.2022
EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi
11:37 / 05.10.2022