Dunyodagi barça mustaqil davlatlarning mavjudlik mezonlari haqida gap ketsa, dastavval, uning rasmiy tili köz oldimizda gavdalanadi. Şulardan biri uning tilidir. Darhaqiqat, millatning millat, xalqning xalq ekanini bildiruvçi eng muhim belgi uning davlat tilidir. Mutaxassislarning fikriça, dunyoda 7000 til bölsa, ularning aksariyati ölik tilga aylanib borayotgani ham rost. Tabiiyki, iste'molda bölmagan til, istifoda etilmagan söz tanazzulga yuz tutadi.

Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Şavkat Miromonoviç ötgan yili 21 oktyabrda Toşkent Işbilarmonlar markazida, Kongres Xollda ilk bor Davlat tiliga bağişlangan katta anjumanda «Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonga imzo çekkanlarini aytib hammamizni ruhlantirgan edilar.

Özbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan respublikamizning turli viloyat, tuman va şaharlarida xuddi şu sana munosabati bilan ma'rifiy tadbirlar ötkazilayotgani ham quvonarlidir.

Ana şunday ma'rifiy tadbirlardan biri 20 oktyabr kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida onlayn tarzda taşkil etildi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamentining mudiri, professor Abduğaffor Qirğizboyev iştirok etdi. Şuningdek, tadbirda institut rahbariyati, professor öqituvçilar, talaba, magistrant va mehmonlar iştirok etişdi. Jami 1000ga yaqin qatnaşuvçilar iştirokida ötkazilgan tadbirga institut yoşlar bilan işlaş böyiça prorektori Ruzimurat Çoriyev moderatorlik qildi.

Tadbir avvalida institut rektori, professor Umurzakov Öktam Pardayeviç barçani bayram bilan samimiy tabrikladilar. Söngra A.K.Qirğizboyev departament tomonidan amalga oşirilgan bir qator işlar borasida öz mulohazalarini bildirib ötdilar.

Davlatimiz rahbarining «Har birimiz davlat tiliga bölgan e'tiborni mustaqillikka bölgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilişimiz, şunday qaraşni hayotimiz qoidasiga aylantirişimiz kerak», - degan fikrlari hayot uçun yöllanma, taraqqiyot uçun qöllanma bölişi aniq.

Bugungi kunda Davlat tilini rivojlantiriş departamenti hamda Atamalar komissiyasining davlat tilining rivoji va uning tarğiboti, ommalaştiriş borasida bir qator amaliy, ijobiy işlarni amalga oşirayotganini ta'kidlaş örinlidir.