O‘zbekiston | 14:00 / 25.10.2023
4668
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Milliy reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi

Foto: «TIQXMMI» MTU matbuot xizmati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan  2023 yil 16-20 oktabr kunlari tashkil etilgan “INNOWEEK-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida oliy ta’lim muassasalarining 2022 yildagi faoliyati samaradorligi bo‘yicha milliy reytingi e’lon qilindi. Reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti so‘nggi uch yil davomida respublika oliy ta’lim muassasalari milliy reytingida 1-o‘rinni egallab kelmoqda.

Ushbu natijalar zamirida universitetning yaqin yillarda erishib kelayotgan yutuqlari poydevor bo‘lishi tayin. Demak, bu g‘alabalar tasodifiy emas. Uning tagzaminida mehnat va kasbga muhabbat tuyg‘usi bilan birga bir qancha omillar mavjud.

Dunyoning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds) Xalqaro reyting agentligining 2023 yilda e’lon qilingan fanlar bo‘yicha reytingi (QS World University Ranking by Subjecs)da 3 ta fan sohasi (Muhandislik va texnologiyalar, tabiiy fanlar hamda atrof-muhit muhofazasi) bo‘yicha dunyoning TOP-500talik universitetlari ro‘yxatida e’tirof etilgan edi. Shuningdek, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi universitetlari reytingida TOP-301 o‘rinda, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha 14-o‘rinda va O‘zbekiston bo‘yicha 1-o‘rinda qayd etilgani ma’lum.

QS xalqaro reyting agentligi tomonidan tashkil qilingan bu yilgi «QS Stars audit» baholash reytingi natijalariga ko‘ra, universitet dunyoning TOP Universitetlari ro‘yxatida 1000 balli baholash shkalasida 689 ball to‘pladi va unga 4 yulduzli universitet maqomi berildi.

Dunyo yashil universitetlari reytingi 2023 (World Green University Rankings 2023) bo‘yicha dunyoda 603-o‘rin, Osiyoda 311-o‘rin va mamlakatimizda 7-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “INNOWEEK-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida Respublika akademik litseylari reytingi ham e’lon qilindi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidan o‘rnak olgan holda, 2022 yildagi faoliyat samaradorligi bo‘yicha Respublika akademik litseylari reytingida birinchi o‘rinni «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyi qo‘lga kiritdi. Buning ham o‘ziga yarasha muhim omillari bor.

Litseyda o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Shaxsiy rivojlanish, ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va fundamental bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradigan noyob metodologiya mavjud.

Universitet va akademik litsey orasidagi uzilmas mustahkam zanjir tabiiyki, ta’lim tizimida erishilayotgan muvaffaqiyatlarimizning garovidir.

Demak, hamjihatlik, bir yoqadan bosh chiqarib ish tutish yutuqlarimiz kafolati.

Mavzuga oid