“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yana bir nufuzli reytingda dunyoning TOP-1000 talik universitetlari safidan joy oldi
Joriy yilda THE World University Ranking-2025 (dunyo universitetlari reytingi) da 115 ta davlatning 10 mingdan ortiq universitetlar ishtirok etgan bo‘lsa, 2002 ta universitetlari TOP universitetlar qatorida e’tirof etildi.

Foto: TIQXMMI
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti dunyoning yana bir nufuzli reyting agentligi “THE (Times Higher Education)” tomonidan e’lon qilingan THE World University Ranking-2025 (dunyo universitetlari reytingi) natijalariga ko‘ra, 43.2 ball bilan dunyo universitetlari xalqaro reytingida TOP 601 o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-2 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-1 o‘rinni egalladi.
TNe dunyo universitetlari reytingi natijalarini aniqlashda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti quyidagi alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishli o‘rinlarni egalladi:
O‘qitish sifati (Teaching) – 33.4 ball bilan 561-o‘rin;
Tadqiqot sifati (Research quality) – 81.3 ball bilan 299-o‘rin;
Sanoat (Industry) – 48.8 ball bilan 891-o‘rin;
Xalqaro hamkorlik – 39.9 ball bilan 998 o‘rin va umumiy hisobda 43.2 ball bilan TNe dunyo reytingida TOP-601 o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “QS (Quacquarelli Symonds)” xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan QS WUR-2025 (dunyo universitetlari reytingi) natijalariga ko‘ra, TOP 547-o‘rinni egallagan edi.
Tiiame.uz | Facebook | Instagram | Telegram | Youtube
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33
-
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi
Jahon | 21:27
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
Mavzuga oid

13:15 / 06.06.2024
TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytingda 547-pog‘onani egalladi

14:00 / 25.10.2023
Milliy reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi

19:21 / 08.11.2022
TIQXMMI-Milliy tadqiqot universitetining QS xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichi yanada mustahkamlandi

16:39 / 12.10.2022