Fan-texnika | 09:53 / 23.10.2020
7778
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfon kamerasini boshqarish imkoni qanday holatda o‘zgalar qo‘liga o‘tishi mumkin 

Smartfoningiz kamerasini boshqarish o‘zgalar qo‘liga o‘tishi mumkin bo‘lgan yagona holat qurilmaning virus dastur bilan zararlanishi hisoblanadi. Bu haqda “Roskachestvo”ning raqamli ekspertiza markazi rahbari Anton Kukanov ma'lum qildi. 

Foto: Tom's Guide

Bunday holatda kamera yashirincha tarzda suratlar olishi, jinoyatchilar esa bu suratlar bilan smartfon egasini shantaj qilishlari mumkin.

“Smartfoningiz kamerasi uni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yoki Instagram kabi dastur uchun qiziq bo‘lishi ehtimoli nolga yaqin. Bunda ko‘rinishidan beziyon ko‘ringan dastur, misol uchun organayzer yoki fonarcha aslida niqob ostidagi zararli dastur bo‘lishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.

Uning aytishicha, bunday josus dasturlar hattoki rasmiy do‘konlarda ham uchrashi mumkin. Shu sababli dasturning reytingi, u so‘raydigan ruxsat va u haqidagi fikrlarga e'tibor qaratish muhim hisoblanadi. 

“Qanday dasturlar smartfondagi qaysi funksiyalardan foydalanishga ruxsatga egaligini bilish uchun Android’da Sozlanmalar/Dasturlar va xabarnomalar/Dasturlarga berilgan ruxsat (Nastroyki/Prilojyeniya i uvedomleniya/Razresheniya prilojyeniy), iOS’da esa Sozlanmalar/Maxfiylik (Nastroyki/Konfidensialnost) bandiga kirish lozim”, deb tushuntirgan Kukanov.

Mutaxassis virus dasturlardan saqlanish va ular qurilmaga kirib olgan bo‘lsa, ularni aniqlash uchun telefonda doim faol va yangilanib turuvchi antivirus dasturi bo‘lishini tavsiya qilmoqda.  

Mavzuga oid