Olmazor Business City turar joy majmuasi: anhor bo‘yida − tabiat qo‘ynidagi hayot
Olmazor Business City turar joy majmuasi erkinlik, keng makon va tabiat bilan uyg‘unlikni barcha narsadan muhim hisoblaydiganlar uchun munosib tanlovdir.
Olmazor Business City hududi 23 gektardan ortiq yerni egallaydi. Bu nafaqat zamonaviy va ko‘p funksional turar joy majmuasi. Shu bilan birga, rivojlangan infratuzilmaga ega shaharcha uslubidagi mavze. Bu yerda turar joy majmuasi aholisi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ulkan savdo markazi, turli xil ovqatlanish shoxobchalari − kafe, restoranlar, qahvaxonalar, savdo do‘konlari, ofislar, dorixonalar, mini banklar, kimyoviy tozalash vositalari maskani, go‘zallik salonlari va boshqalarni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan keng savdo maydonchalari mavjud.
Olmazor Business City aholisi yaqin atrofdagi ta'lim muassasalari va bolalar bog‘chalarini izlash zaruriyatidan xalos bo‘lishadi. Majmua hududida innovatsion maktabgacha ta'lim muassasasi va o‘rta maktab tashkil etiladi. Majmuaning butun hududi 24 soat davomida videokuzatuv ostida va qo‘riqlanishini hisobga olsak, ota-onalar farzandlarining xavfsizligi haqida qayg‘urishmaydi. Shuningdek Olmazor Business City aholisi va mehmonlari uchun avtomobil qo‘yish uchun rejali yechimlarini taklif etadi. Katta hajmdagi yer osti va yer usti avtoturargohlarida barcha uchun yetarli joy mavjud.
Olmazor Business Cityning asosiy ajralib turadigan xususiyati, shubhasiz, uning ekologik jihatdan qulayligi. Obektni loyihalashda asosiy e'tibor majmua ichidagi keng ko‘lamli yashil maydonga qaratildi. Zamonaviy shaharlar aholisi uchun ochiq havoda vaqt o‘tkazish qanchalik muhimligini anglab biz ekologik toza muhitni yaratishga harakat qildik. Majmua Qichqiriq kanali bo‘yida joylashgan bo‘lib, Olmazor Business City aholisining 800 metr betakror suv bo‘yi manzarasidan bahra olish imkoniyatiga ega. Suv atrofidagi joy, kundalik estetik zavqdan tashqari, atrofdagi hududning mikroiqlimini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Butun majmuaning 50% dan ortig‘i o‘simlik va daraxt ekilgan yashil maydon uchun ajratilgan. Ushbu hudud dekorativ funksiyasidan tashqari ekologik ahamiyatga ega. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan:
- Yashil maydonlar gaz va shahar havosining changlanishini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Daraxtlarga tushgan changni yog‘ingarchilik yuvadi. Daraxtlar ochiq joylarga nisbatan 40% gacha changni o‘ziga oladi;
- Shuningdek, ular ko‘chadagi shovqin darajasini 5-10 foizga kamaytirishi mumkin;
- Daraxtlar va o‘simliklar inson asab tizimiga foydali ta'sir ko‘rsatadi, organizmning himoyasini oshiradi, psixologik zo‘riqishni kamaytiradi, toza havoda yaxshi dam olishga yordam beradi.
Global pandemiya bilan bog‘liq majburiy cheklov choralarini hisobga olgan holda, bunday hudud shahar tashqarisiga chiqish o‘rniga ajoyib alternativ yechim bo‘ladi. Bu yerda xavfsiz kunlik sayrlar, o‘yinlar, sport, suhbatlar va turli xil ochiq havoda tadbirlarni o‘tkazasiz.
Olmazor Business City o‘zining barcha aholisiga birdamlik va tabiat bilan uyg‘unlashish uchun ajoyib imkoniyat beradi. Bu nafaqat zamonaviy uylarning o‘zgarishi, balki bu hayotning yangi falsafasi.
Siz call-markazimizga qo‘ng‘iroq qilib yoki saytimizga tashrif buyurib turar joy majmuasi haqidagi to‘liq ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A.
Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44
Instagram: @bizninguylar
Telegram: t.me/bizninguylar
Facebook: fb.com/bizninguylar
Sayt: bizninguylar.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 03.06.2021
Olmazor Business City: sizga kerak bo‘lgan hamma narsa ikki qadamlik masofada joylashgan
09:00 / 29.05.2021
Olmazor Business City'dagi 9 ta yangi uy shu yozda foydalanishga topshiriladi
09:00 / 24.05.2021
Olmazor Business City turar joy majmuasidagi tijorat ko‘chmas mulki
09:00 / 14.05.2021