O‘zbekiston bo‘ylab «Salomatlik yo‘laklari» quriladi
O‘zbekiston shaharlari va har bir tuman markazida piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi. Bu prezident imzolagan, sog‘lom turmush tarziga oid farmonda ko‘zda tutilgan.

Foto: Getty Images
Hujjatga ko‘ra, hokimliklar Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 15 noyabrga qadar muddatda yo‘laklar loyihalarini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga joylashtiradi.
Yo‘laklarni qurish ishlari 2021 yil 1 yanvardan boshlanib, 2021 yil 1 mayga qadar tugatilishi belgilandi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
- piyodalar va velosiped yo‘laklarining umumiy uzunligi
3-5 kilometrni tashkil etadi va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘ladi; - zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorug‘lik qaytaruvchi, yo‘laklarni boshlanishi, oralig‘i va yakunini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari bilan to‘liq ta'minlanadi;
- piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratiladi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit» tashkil etiladi.
2021 yil uchun investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan markaziy ko‘chalarni modernizatsiya qilish uchun jami 1,4 trln so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi 2021 yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay ko‘chalarda umumiy uzunligi 50 km bo‘lgan piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari»ni tashkil etadi. Buning uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi poytaxt hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytarish sharti bilan 20 mln dollar miqdorida foizsiz ssuda beradi.
Ushbu tajribadan kelib chiqib, 2022 yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: Dronlar Ukrainadagi urushda tinch aholini tobora ko‘proq nishonga olmoqda
Jahon | 14:49
-
G‘aznani o‘mardingmi, 10 barobar qilib qaytarasan – Sadir Japarov
Jahon | 14:45
-
Dala yong‘ini oqibatida yo‘q bo‘lgan maydonlar hajmi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 14:43
-
Z-kanallar Bundesver yuk mashinalari yonayotgani aks etgan videoni e’lon qildi
Jahon | 14:23
Mavzuga oid

11:56 / 23.06.2025
Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

14:15 / 09.04.2025