Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston so‘nggi uch oyda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
O‘zbekiston 2020 yilning 3-choragida eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Markaziy bank bu vaqt mobaynida qariyb 35 tonna oltin sotgan.

Foto: iStock
Jahon oltin kengashi 2020 yilning 3-choragiga oid hisobot e'lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu davrda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat O‘zbekiston bo‘lgan. Iyul–sentabr oylarida Markaziy bank 34,9 tonna oltin eksport qilgan.
Bu boradagi ikkinchi yuqori ko‘rsatkich Turkiyaga tegishli – 22,3 tonna. Keyingi o‘rinlardagi Tojikiston 9,2 tonna, Filippin 7,8 tonna, Mongoliya 2,4 tonna, Rossiya 1,2 tonna oltin sotgan.
Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli 2020 yilning 3-choragida dunyo bozorida oltinga bo‘lgan talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foiz – 892 tonnagacha kamaydi. Jahon oltin kengashi hisobotiga ko‘ra, bu – uchinchi chorak bo‘yicha 2009 yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bloomberg'ning izohlashicha, oltinga bo‘lgan talabning keskin pasaygani – mamlakatlar oltin narxi rekord darajada qimmatlashganidan foydalanib, uni sotish orqali pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta'sirini yumshatishga intilgani bilan bog‘liq.
Avgust oyi boshida oltin narxi tarixda ilk marta unsiyasi uchun 2000 dollardan oshib, rekord darajada – 2067 dollarga ko‘tarilgandi.
Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston 9 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan. Bu – avvalgi yil bilan taqqoslaganda 1,5 barobarga ko‘p demakdir.
O‘tgan hafta Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston «ko‘p oltin sotib yuborgani» haqidagi gaplarga munosabat bildirib, bu MBning normal funksional vazifalaridan biri ekanini ta'kidlagandi. «Biz oltin-valuta zaxiramiz tarkibini o‘zgartirib turish vakolatiga egamiz va buni mustaqil ravishda ajratamiz. Agar oltin narxi jahon bozorida tushib ketadigan bo‘lsa va biz kelgusida oltin narxi oshishini kutayotgan bo‘lsak, oltinni sotmasligimiz ham mumkin», – degandi Nurmuratov.
O‘zbekiston avgust oyida rekord darajada oltin sotgach, ushbu qimmatbaho metallni sentabr oyida deyarli eksport qilmadi.
Business Insider shu yil avgust oyida keltirgan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekiston oltin zaxirasi 342,8 tonnani tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan kater ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
-
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi
Sport | 08:21
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025