O‘zbekiston | 20:00 / 30.10.2020
8191
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Pandemiya sharoitida ijtimoiy kampaniyaning tug‘ilishi – O‘zbekistonning ayol qiyofasi, muhim rivojlanish va global tendensiyalar

2020 yil barcha – ayol va erkak, ota-ona va farzand, xodim va ish beruvchilar uchun murakkab kechdi. COVID-19 va u bilan bog‘liq boshqa muammolar barchani sinovdan o‘tkazdi. Odamlar ish va uydagi inqirozlarni yengishdi, moliyaviy muammolarni hal qilishdi, ishlashning yangi usullarini zudlik bilan o‘rganishdi va stressga qarshi kurashishdi.

Oktabr oyida asos solingan «SelfMama Uzbekistan» ijtimoiy kampaniyasi mamlakatimizdagi muhim hodisa bo‘ldi. U ikki turdagi insonlarni birlashtirdi: ona va Self-made woman – shaxs bo‘lib yetishgan ayol. Bu onalik va o‘zini shaxs sifatida rivojlantirish istagidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro loyiha. Uning vazifasi – ona bo‘lib ham o‘zlikni saqlab qolish va oila hamda professional faoliyatni birgalikda olib borish mumkin, degan g‘oyani ommaga yetkazishdan iborat.

2020 yilning 20 oktabr kuni «SelfMama Uzbekistan» ilk marta yillik SelfMama Forum Tashkent tadbirini tashkil etdi. Xalqaro maqomga ega forum Rossiyada har yili o‘tkaziladigan Moskva SelfMama Forum, Olmaota, Amsterdam, Bishkek, Boston, Dushanbe, London, Novosibirsk, Riga, Tokio, Shtutgart, Utrext, Yakutsk va boshqa shahar forumlari bilan birlashdi.

Hozirgi kunda dolzarb va xavfsiz SelfMama forumi onlayn maydonchasi 7,5 milliondan ortiq ayollarni qamrab oldi va butun dunyo bo‘ylab 10 mingdan ortiq mehmonlarni qabul qildi.

Ilk bor o‘tkazilgan SelfMama Forum Tashkent forumi ma'ruzachilari bu – shaxsiy tajribalaridan kelib chiqib, ijtimoiy masofalanish, hissiy zo‘riqish, onalik va o‘z-o‘zini shaxs sifatida rivojlantirish o‘rtasidagi tanlov, ishga joylashishda kamsitilish holatlari bilan yuzma yuz kelgan ayollar – onalar – shaxslar – ekspertlar. Forumning mashhur ma'ruzachisi – O‘zbekiston san'atshunoslik fanlari nomzodi, yozuvchi, «Begim» kompaniyasi asoschisi va prezidenti Gulchehra Mahmudova. Ma'ruzachilar tarkibi tarbiya va ta'lim, psixologiya va filologiya, biznes tahlili va tarjimonlik, netvork-kommunkatsiya va marketing sohasida faol va ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ayollar - Nargis Mirzaahmedova, Anisa Xasanova, Firuza Hakimova, Sevara Mustafina va Zarina Yadgarovadan iborat bo‘ldi.

«Huggies» va «L’Occitane en Provence» xalqaro kompaniyalari, ayol tadbirkorlar, mahalliy brendlar, O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi «Tadbirkor ayol», inflyuyenser va blogerlar forum hamkorlari sifatida ishtirok etishdi. «SelfMama Uzbekistan» loyihasiga mamlakat ayollaridan ko‘plab ariza va murojaatlar kelib tushdi. Loyiha O‘zbekiston xususiy va davlat sektorlari, xalqaro tashkilotlar, korporatsiyalar va butun dunyo bo‘ylab faol ayollar bilan ishlash uchun selfmamauz.online orqali onlayn maslahat berishni yo‘lga qo‘ydi.

«SelfMama Toshkent forumi O‘zbekiston ayollari ham xodimlarning yuqori samarador va istiqbolli kategoriyasi ekanini butun dunyoga namoyish etdi. Xodimlarning farzandga ega ekani ish beruvchilar uchun «xavf omili» emas, balki zamonaviy, o‘zgaruvchan dunyoda zarur bo‘lgan ko‘nikma va malaka kafolatidir.

Pandemiya sharoitida ijtimoiy kampaniyaning tug‘ilishi – O‘zbekistonning ayol qiyofasi, muhim rivojlanish va global tendensiyalar bu – rivojlanish va mohirlik nuqtasi emas. Bu stressli vaziyatlardan chiqishning qulay usullarini izlash, yangi narsalarni o‘rganish, o‘zini va atrofdagilarni anglashdir. Turbulentlik davri – oson davr emas, biroq undan yangi tajribalarga ega bo‘lgan holda chiqish mumkin», – deb yozadi loyiha asoschisi Zarina Yadgarova. 

Reklama huquqi asosida