ŠKODA Uzbekistan: Kodiaq O‘zbekistonda shunchalik qimmatmi?
Do‘stlar, yaqindagina yangi, 4x4 to‘liq uzatmaga ega ŠKODA Kodiaq krossoverini taqdim etgandik. Barchaga modelimizga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan O‘zbekistondagi va boshqa mamlakatlardagi ŠKODA Kodiaq modeli narxlarini qiyoslash borasida ko‘plab savollar oldik, shu sababli, sizga qulay bo‘lishi uchun, taqdim etilgan komplektatsiyalarning batafsil qiyosini tayyorladik.
Avtomobil narxini qiyoslashda qator muhim jihatlar, aynan – mos keluvchi komplektatsiyalar, dvigatel turlari, uzatmalar qutisi, to‘liq uzatma va qo‘shimcha opsiyalar mavjudligini qiyoslash kerakligiga e'tiboringizni qaratmoqchimiz.
O‘zbekistonga dvigatel sig‘imi 2,0 litr, turbo quvvati 180 ot kuchi, yevro-4 standartili, mamlakat iqlimiy va foydalanish sharoitlariga moslashtirilgan ŠKODA Kodiaq avtomobili yetkazib beriladi.
Shu sababli, bu holatda sig‘imi 1,4 litrli turbo, quvvati ancha kam – 125 ot kuchiga ega bazaviy dvigatel bilan qiyoslash noto‘g‘ri bo‘ladi. Bundan tashqari, bu dvigatel yevro-6 standartiga ega va uning O‘zbekistonga hozirgi paytda yetkazib berilishi, kerakli yevro-5 va undan yuqori benzin sotuvchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh) yetarli emasligi sababli, maqsadga muvofiq emas.
Boshqa muhim band – uzatmalar qutisi. O‘zbekiston uchun dvigateli 2,0 litr sig‘imli avtomobillar DSG-7 yetti bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi, bahslarda esa, ko‘pincha uni mexanik 6 bosqichli uzatmalar qutisi bilan qiyoslashadi.
O‘zbekistondagi ŠKODA Kodiaq avtomobillari va Rossiyadagi shunday jihozlangan Rossiyadagi avtomobillar narxlarini qiyoslash:
Biz barcha savollaringizga javob berishdan doimo mamnunmiz va konstruktiv muloqot uchun ochiqmiz!
*- hisob-kitoblarda AQSh dollarining quyidagi kurslariga asoslanildi:
- O‘zbekiston so‘mi – 10.500;
- Rossiya rubli – 75;
Batafsil ma'lumotni siz ŠKODA Uzbekistan rasmiy saytidan va ishlab chiqaruvchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin:
Facebook: fb.com/skodauzb
Instagram: @skodauzb
Telegram: t.me/skodauzb
Sayt: skoda-avto.uz
Telefon: +998 71 202 7171
Reklama huquq asosida