31 oktyabrda yangi aeroportga ikkita ilk samolyot – Easyjet va Lufthansa aviakompaniyalarining samolyotlari qöndi. Şuningdek, aeroportdan Londonga birinçi samolyot jönadi. Uşbu reysni Easyjet amalga oşirmoqda.
Aeroport 1969-1974 yillarda Ğarbiy Germaniya kansleri bölgan Villi Brandt şarafiga nomlangan.
Yangi aeroportning işga tuşirilişi Germaniya uçun tarixiy voqea böldi, deyilsa mubolağa bölmaydi. Uning qurilişi bir neça yillarga çözilib ketgan va köplab muammolar bilan keçgan. Berlin uçun yagona aeroport quriş ğoyasi 30 yil avval, Germaniya birlaşganidan keyin paydo bölgan.
Yangi aeroport oçiş haqidagi qaror 1996 yilda qabul qilingan. Biroq qurilişni boşlaş aeroportga joy tanlaş hamda mahalliy aholi va ekologlar noroziligi tufayli çözilib ketgan. Aeroport qurilişi 2006 yil 5 sentyabrdagina boşlangan. Aeroportni dastlab 2011 yil oktyabrda oçiş rejalaştirilgan, biroq aeroport öşa vaqtda Yevropa ittifoqi tomonidan kiritilgan xavfsizlik me'yorlariga töğri kelmagani va uni qurişda iştirok etgan ikkita kompaniya kasodga uçragani sababli oçilişi qoldirilgan. Keyingi yillarda obektni unda aniqlangan köplab kamçiliklar, jumladan yonğinga qarşi va bagajni beriş tizimlaridagi muammolar sababli oçişning iloji bölmagan. Mutaxassislarga barça kamçiliklarni bartaraf etiş uçun yana 8 yil kerak bölgan.
Ötgan yillar davomida aeroport rahbariyati bir neça marta özgargan, uning qurilişida iştirok etgan kompaniyalar kasodga uçragan, ba'zi boşqaruvçilarga nisbatan tergov işlari qözğatilgan.
Germaniyada oxirgi yillarning boş va bahsli qurilişiga aylangan aeroport qurilişi 6 mlrd yevroga aylangan, vaholanki dastlabki smeta 2,83 mlrd yevroni taşkil qilgan.
Berlinda bungaça ikkita aeroport: 1946 yilda qurilgan Şyonefeld va 1948 yildan beri işlovçi Tegel faoliyat yuritgan. Şyonefeld endilikda rasman yopilgan, u yangi aeroportning bir qismiga aylandi. Tegel esa noyabrda yopiladi va undan oxirgi reys 8 noyabrda jönaydi. Uşbu aeroportlarning ikkisi ham zamonaviy talablarga javob bermagan va texnik jihatdan eskirib qolgan.
Yangi aeroport 1,5 ming gektar maydonni egallaydi, uning ikkita uçiş-qöniş yölagi, uçta terminali, 25 ta teletrapi bor. Aeroport bir vaqtda 100dan köproq samolyotga xizmat körsata oladi.
Aeroportda hozirça uçta terminalidan ikkitasi – birinçi (asosiy) va beşinçi (sobiq Şyonefeld aeroporti) işlaydi. 2-terminal ham qurib bitkazilgan, biroq uni 2021 yil yozida oçiş rejalaştirilgan.












