Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank oltin quymalar sotuvga chiqarilganini ma'lum qildi
Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
“Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valutada e'lon qilib boriladi.
Ma'lumot uchun: Marja va chegirma miqdorlari o‘lchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga to‘lovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.
Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi.
Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.
Sentabr oxirida jismoniy shaxslar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini mamlakat hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish huquqiga ega bo‘lishgandi.
Mavzuga oid
14:30 / 06.06.2026
Mobil telefon raqami orqali tezkor pul o‘tkazish tizimi ishga tushadi. U qanday ishlaydi?
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
19:51 / 27.05.2026