Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Muzafar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Muzaffar Fayziyev 1979 yili Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – marketolog, moliyachi.
U mehnat faoliyatini 2000 yili Toshkent viloyati moliya boshqarmasi hisobxona bo‘limi 1-darajali iqtisodchisi vazifasidan boshlagan. Shundan so‘ng mazkur boshqarmada bosh ekspert, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi, Toshkent viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi, Toshkent viloyati moliya boshqarmasi rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
Muzaffar Fayziyev Hisob palatasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida ham mas'ul lavozimlarda ishlagan. U joriy yil avgustidan beri «O‘zneftmahsulot» AJ Tijorat departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Eslatib etamiz, Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Bahodirbek Mullaxonov oktabr oyida vafot etgan edi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026