Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ba'zi shtatlarda Baydendan ortda qolganini «g‘alati holat» deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp yana mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda ovozlar soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligiga sha'ma qildi.
«Kecha ko‘plab muhim shtatlarda g‘olib bo‘layotgandim. Hatto demokratlar boshqaradigan shtatlarda ham ustunligim sezilarli edi. Keyin mo‘jizaviy tarzda kutilmaganda paydo bo‘lgan byulletenlarni hisoblash fonida farq asta-sekin yo‘qola bordi. JUDA G‘ALATI. Ekzit-pol o‘tkazganlar esa barchasi xato bo‘lganini ko‘rsatdi», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.
Bu tvit yozilishi bilan tvitter ma'muriyati uni chalg‘ituvchi post deb belgilab, o‘quvchilarni ogohlantirdi. Trampning oldinroq ovozlarning soxtalashtirilishi haqidagi yozgan tviti ham shunday «ogohlantirish olgandi».
Demokrat Jo Bayden oxirgi soatlarda hal qiluvchi shtatlardan ikkitasi Viskonsin va Michiganda ustunlikka erishayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu shtatlarni demokratlar boshqaradi. Nevadada ham u ustunlik qilayotgani inobatga olinsa, Bayden bu uchta shtatdagi g‘alaba evaziga kerakli 270ta ovozga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa Bayden rasman saylovda g‘olib bo‘lganini tasdiqlaydi. Agar tomonlardan ikkisi ham kerakli 270ta ovozni to‘play olmasa, saylov g‘olibini Oliy sud aniqlaydi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025