Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Poyga tugadi» – Bayden prezident saylovida g‘alaba qozonganini e'lon qildi
Avvalroq Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, saylovlarda g‘olib bo‘lishga shubha qilmasligini va kamida 300 ta ovoz to‘plashga ishonishini aytgandi.
Demokrat Jozef Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganini ma'lum qildi va amerikaliklarni birdamlikka chaqirdi. U bayonotini o‘z Twitter sahifasida e'lon qildi.
"Amerika, meni bu mamlakatga rahbarlik qilish uchun saylashgani men uchun sharaf. Oldinda og‘ir vazifa turibdi, ammo men uchun ovoz bergan-bermaganligidan qat'i nazar barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘laman", - deya qayd etdi u.
"Poyga tugadi, g‘azab va keskin bayonotlarni unutish hamda yagona mamlakat sifatida chiqish vaqti keldi. Amerika uchun birlashish va tuzalish vaqti keldi", - deya ta'kidladi Bayden.
America, I’m honored that you have chosen me to lead our great country.
— Joe Biden (@JoeBiden) November 7, 2020
The work ahead of us will be hard, but I promise you this: I will be a President for all Americans — whether you voted for me or not.
I will keep the faith that you have placed in me. pic.twitter.com/moA9qhmjn8
CNN, NBC, Fox News va Associated Press (AP) prognozlariga ko‘ra, Bayden Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun talab qilinadigan tanlovchilarning 270ta ovoziga ega bo‘ldi.
Avvalroq Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qilib, saylovlarda g‘olib bo‘lishga shubha qilmasligini va kamida 300 ta ovoz to‘plashga ishonishini aytgandi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026