Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Seoul Mun” – poytaxt markazidagi daromadli tijorat ko‘chmas mulki
“Dream City Development” kompaniyasi “Seoul Mun” savdo joylarining afzalliklari haqida ma'lumot berdi.
“Seoul Mun” loyihasi («Seul darvozasi») – bu xaridlar va dam olish uchun mo‘ljallangan poytaxt markazida o‘zgacha sohil bo‘yida 40.000 kvadrat metr maydonda joylashgan betakror maskan. Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘ida uch qavatli turli formatdagi savdo joylari bunyod etiladi.
Loyiha hududida har qanday turdagi biznesni tashkil etish va rivojlantirish uchun savdo ko‘chmas mulkining 270 dan ortiq varianti mavjud. Bino loyihalarining turli xil yechimlari sizga o‘zgacha va kutilmagan biznes g‘oyalarini ham hayotga tatbiq etishga imkon beradi. Joy maydonlari 15 dan 1000 kvadrat metrgacha, shift balandligi 3 dan 6,5 metrgacha farqlanadi. Savdo joylarining keng vitrinalari bino ichini tashqari tomondan tomosha qilish imkoniyatini yaratadi, bu esa ko‘proq odamlarni jalb qiladi. Har bir savdo maydonchasida o‘z kirish joyi va terrasasi mavjud.

“Seoul Mun” binolarining investitsiya salohiyatini maksimal darajada oshirish uchun “Dream City Development” kompaniyasi ko‘chmas mulk baholash bo‘yicha dunyodagi eng yirik mustaqil eksperti – “Knight Frank”ni jalb qildi. Xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda joylarning o‘ziga xos beshta formati konsepsiyasi ishlab chiqildi: umumiy ovqatlanish nuqtalarining kichik formati (“food & beverage light”), umumiy ovqatlanish maskanlarining katta formati (“food & beverage heavy”), universal savdo nuqtalari (“line store”), yirik do‘konlar (“anchor store”), va bolalar uchun hamda ko‘ngilochar makonlar (“leisure”). Binolarning har bir toifasida individual xususiyatlari mavjud.
Poytaxt markazidagi foydali joylashuvga ega “Seoul Mun” loyihasida biznes egalari va tashrif buyuruvchilarga maksimal darajada qulaylik yaratilib obektning rivojlangan infratuzilmasi, 500 dan ortiq avtomobillar uchun katta avtoturargohlar, puxta loyihalangan piyodalar yo‘lagi, suv bo‘yidagi ko‘kalamzor va obod hudud bunyod etiladi.

“Seoul Mun”da biznesingiz keng imkoniyatlarini kashf eting hamda katta daromad oling! Joylar soni cheklangan!
Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: seoulmun.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 22.08.2025
Seoul Mun majmuasida 17 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketdi
10:41 / 11.07.2025
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi
09:00 / 14.06.2021
Seoul Mun – tijorat markazidagi universal savdo nuqtalari!
09:26 / 09.06.2021