Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevan Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ hududi uzra parvozlarni taqiqladi
Havo hududlari Armaniston qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa va Rossiya havo-kosmik kuchlari tomonidan yopilgan.
Armaniston o‘z hududi va Tog‘li Qorabog‘ni parvoz qilinmaydigan hudud deb e'lon qildi. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hududlari Armaniston qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa va Rossiya havo-kosmik kuchlari tomonidan yopilgan.
Ma'lum qilinishicha, faqat harbiy hamda oldindan e'lon qilingan fuqaro aviatsiyasi parvozigagina ruxsat beriladi.
10 noyabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi barcha jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida uch tomonlama bayonot qabul qildi.
Ushbu bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston tomonlari hozirda egallab turgan joylarida qoladi. Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i va hududni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘lak bo‘ylab Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari joylashtiriladi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026