Farg‘onada So‘x voqealari bo‘yicha 22 kishi ustidan sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida 9 noyabr kuni «So‘x voqealari» yuzasidan 22 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi. 16 noyabr kuni navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Foto: Turmush.kg
Shu yil 31 may kuni So‘x tumanida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan Chashma bulog‘i oldida mojaro kelib chiqqan edi. Dastlabki ma'lumotlarda hodisa oqibatida so‘xliklardan 187 kishi jarohatlangani, ulardan 15 nafari vertolyotda Farg‘ona shahriga olib borilgani aytilgandi.
Prokuratura 22 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish) va 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan ayblov e'lon qilgan.

16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudya Tojiddin Vahobov dastlab davlat ayblovchisiga so‘z berdi. U to‘plangan dalillarga asosan, So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetkazilganini ta'kidladi.
Shundan so‘ng sudya har bir ayblanuvchidan e'lon qilinayotgan ayblovga iqror yoki iqror emasligini birma-bir so‘rab chiqdi. Ayblanuvchilarning ayrimlari iqror emasligini, ayrimlari esa qisman iqror ekanliklarini bildirishdi.
Sud majlisida sudya ayblanuvchilar Maxsum Ahmedov, Ravshan Mirsharipov hamda Nazirjon Jo‘rayevlardan 31 may kun sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha ko‘rgan-bilganlarini aytib berishni so‘radi.
Ayblanuvchi Maxsum Ahmedov 31 may kuni soat 14:30larda voqealar sodir bo‘lishi arafasida uyda bo‘lgani, Chashma bulog‘ida odamlar yig‘ilayotganini eshitib «DAMAS» rusumli avtomashinaga o‘tirib to‘polon bo‘layotgan joyga borganini, o‘zbek va qirg‘izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagani, viloyatning o‘sha vaqtdagi hokimi Shuhrat G‘aniyev janjalli joyga kelgani haqidagi xabarni uyga qaytayotgandagina eshitganini ta'kidladi.
Sudlanuvchi Ravshan Mirsharipov esa o‘z so‘zida tumandagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashini, Chashma bulog‘i voqealarida o‘g‘illarining ham ishtirok etayotganini eshitib, voqea joyiga ularni olib kelish uchun borganini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘z sudlanuvchi Nazirjon Jo‘rayevga berildi. U o‘sha kuni mirob unga qo‘ng‘iroq qilib Chashma bulog‘ida janjal ko‘tarilgani, ichki ishlar xodimi ham orada telefon qilib qirg‘izlar tomonida tanishi ko‘pligi uchun janjalni bostirishda uning ko‘magi kerakligi haqida aytgani, ko‘chaga chiqqanida mashinalar Chashma tomonga ketayotgani, u ham o‘z mashinasiga o‘tirib shu tomon borgani, yo‘lda to‘xtab har ehtimolga qarshi do‘kondan 2 ta dastkalla (tayoq) olib mashinasiga tashlab qo‘ygani, lekin ularni hodisa joyida ishlatmaganini aytdi.
Nazirjon Jo‘rayevning qo‘shimcha qilishicha, u to‘qnashuv joyida o‘spirin bolaning qo‘lida bo‘lgan pichoqni birovga zarar yetmasligi uchun olib qo‘ygan, pichoq yonida turganiga qaramay ishlatishga ehtiyoj bo‘lmagan. Ikki xalq o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun yelib-yugurib, oqibatda janjalda yaralanib jabr ko‘rgan. U Shuhrat G‘aniyev jabr ko‘rmasligi uchun esa uni xatarlardan himoya qilganini aytib o‘tdi.
Sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglangach, advokatlar ularga savollar bilan murojaat qildi. Shundan so‘ng sud ishida 23 noyabr soat 10:00ga qadar tanaffus e'lon qilindi.
Mavzuga oid:
So‘x aholisi yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinmoqda, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilmoqda
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

10:50 / 12.03.2025
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi

16:07 / 24.02.2025
Toshli tuman - Toshloqdan reportaj

15:51 / 24.02.2025
Farg‘ona viloyatida avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi

17:43 / 08.02.2025