Vodiyda dasturchilar xakatoni boshlandi. Farg‘onada g‘oliblar aniqlandi
16–17 noyabr kunlari Marg‘ilon shahrida Hackathon4UnlimitedEducation xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Xakatonni BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Yosh tadbirkor, Yoshlar ishlari agentligi hamda IT park hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda farg‘onalik dasturchilar 24 soat ichida beto‘xtov ish olib borib, tundan tonggacha uchta asosiy yo‘nalish: zo‘ravonlik bilan kurash, ishsizlikni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha IT-yechimlarni hay'at a'zolariga taqdim etdi.
Musobaqa natijasida IlmSoft jamoasi o‘zining bolalar zo‘ravonligiga qarshi dasturi bilan g‘olib deb topildi va HP Omen noutbuklari bilan taqdirlandi.
2-o‘rinni yoshlar uchun stajirovka va tajriba talab etilmaydigan ishlarni topish platformasi loyihasini ishlab chiqqan Cactus Corp jamoasi qo‘lga kiritdi.
Yoshlarni ish bilan ta'minlash platformasini taklif etgan MK Group jamoasi sovrindor uchlikni yakunlab berdi. Ularga tashkilotchilar tomonidan bepul biznes konsultantlar, akseleratsiya dasturlari va yillik ofis taqdim etildi.
Endilikda ushbu xakaton Andijon va Namangan shaharlarida ham bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabrda start olgan xakaton 21 noyabrga qadar davom etadi. Unda vodiyning uchta viloyatidan 20 nafardan (4 kishidan iborat 5tadan jamoa) – jami 60 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
23 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:24
-
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
Jahon | 21:59
-
Amazoniya hindular qabilasi tuhmat uchun The New York Times gazetasini sudga berdi
Jahon | 21:57
-
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi
Jahon | 21:45
Mavzuga oid

14:45 / 26.05.2022
O‘zbekistonlik dasturchilar Facebook’dan loyiha uchun grant yutib olishdi

13:47 / 12.04.2022
O‘zbekistonda sun’iy intellekt rivojida qanday to‘siqlar mavjud? Bu haqida dasturchilardan eshitamiz

12:17 / 06.12.2021
O‘zbekistonlik dasturchilar yaratgan ta'lim platformasi mukofot jamg‘armasi 500 ming dollarlik xalqaro tanlov finaliga chiqdi

09:06 / 07.07.2021