Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi cho‘ziluvchi displeyli smartfonni taqdim qildi (video)
Xitoyning Oppo kompaniyasi Inno Day deb nomlangan tadbir doirasida o‘zining cho‘ziluvchi displeyli smartfoni prototipini namoyish qildi.
Foto: YouTube/Oppo
Oppo X 2021 deb nomlangan qurilma dastlabki holatda diagonali 6,7 dyuymni, cho‘zilgan holatda 7,4 dyuymni tashkil qiluvchi OLED-displeyga ega bo‘lib, bunga korpusni yoniga kengaytiruvchi maxsus mexanizm hisobiga erishiladi. Bunda ekran to‘g‘ri to‘rtburchak shakldan deyarli kvadrat shaklga keladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, kengaytirilgan displey kino ko‘rish yoki o‘yinlar o‘ynashda asqotadi.
Kompaniya YouTube’da displeyni cho‘zish texnologiyasi imkoniyatlarini namoyish qiluvchi rolik joylashtirgan. Keyinroq esa Twitter’da prototip qanday ishlashini yaqqolroq ko‘rsatuvchi boshqa roliklar e'lon qilingan.
Hozircha kompaniya bunday antiqa smartfonni kelgusida bozorga chiqarishi borasida hech narsa ma'lum emas, biroq ushbu texnologiya hozirda Samsung, Huawei va Motorola kompaniyalari smartfonlarida qo‘llanuvchi bukiluvchi displey texnologiyasidan istiqbolliroq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:05 / 23.04.2026
500 yil odamlardan yashirilgan shahar va Buyuk devor sirlari – Chin yurtiga safar
21:32 / 21.04.2026
Xitoyda sobiq amaldor Tszenbin korrupsiya uchun o‘limga hukm qilindi
17:59 / 20.04.2026
Sotsialistik lagerdagi bo‘linish - ikki do‘st davlat, Xitoy va Vetnam nega urushgandi?
16:24 / 19.04.2026