Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya parlamenti ijtimoiy tarmoqlarga qarshi sanksiya qo‘llashni o‘rganmoqda
Rossiyalik deputatlar Youtube va Twitter kabi yirik ijtimoiy tarmoqlarga ta'sirchan sanksiya joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bunga tarmoqlar tomonidan ruslarning targ‘ibot media mahsulotlari senzura qilinayotgani sabab bo‘lgan.
Xorijiy ijtimoiy tarmoqlarga sanksiya qo‘llashni nazarda tutadigan qonun loyihasi 19 noyabr kuni Rossiya parlamentining quyi palatasiga muhokama uchun kiritilishi kutilmoqda. Bunda ijtimoiy tarmoqlar tomonidan senzuraga yo‘l qo‘yilganda aks munosabat sifatida sanksiya qo‘llash taklifi ilgari surilgan.
RIA manbasiga ko‘ra, ushbu tashabbusni parlamentdagi turli fraksiyalar qo‘llab-quvvatlagan.
«Qonun qabul qilinishidan maqsad — senzuraga yo‘l qo‘ygan tarmoqlarga kirishni cheklash. Masalan, rus telekanallarining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari yopilsa yoxud ular tomondan tayyorlangan mahsulotlarni namoyish etishga to‘siqlar qo‘yilsa, sanksiya qo‘llanadi. Ikkinchidan, irqiy, milliy va siyosiy kelib chiqishiga ko‘ra, axborot senzura qilinsa ham sanksiya qo‘llanishi mumkin», — deydi RIA manbasi.
Rus OAVga ko‘ra, sanksiya choralari sifatida tarmoqning mamlakat hududida ishlashini sekinlashtirish, Roskomnadzor talabini bajarmagani uchun moddiy javobgarlik tatbiq etish kutilmoqda. Masalan, Roskomnadzorning avvalroq rossiyalik jurnalist Vladimir Solovevga tegishli Youtube kanalga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash talabi bajarilmagan.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026