Yana uch viloyatda bojxona boshqarmasi rahbari o‘zgardi
Prezident farmoyishi bilan Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlari hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Bojxona xizmati polkovnigi Yusupov Doniyor Tavakkaljonovich Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar D.Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.
Bojxona xizmati polkovnigi Mirzarahimov Yakub Hakimovich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Ya.Mirzarahimov Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti boshlig‘ining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.
Bojxona xizmati polkovnigi Kazakov Ilhombek Bazarbayevich Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar I.Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.
Bugun, 19 noyabr kuni Qutlimuratov Bahodir Abdullayevich Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida ham xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025