GOLDEN HOUSE'dan qishki chegirma va bonuslar yog‘ilishi!
Mana shu juma, shanba va yakshanba kunlari (20, 21 va 22 noyabr) «Chegirmalar yog‘ilishi» − Golden House turar joy majmualarida xonadonlarning chegirmali sotuvlari amalga oshadi.
Golden House kompaniyasida «Chegirmalar yog‘ilishi» aksiyasi e'lon qilindi va aksiya doirasida turar joy majmualaridagi xonadonlar xaridi uchun g‘aroyib takliflar amal qilmoqda: amalda bo‘lgan chegirmalardan tashqari qo‘shimcha maxsus chegirmalar yordamida xaridorlar katta mablag‘larni tejab qolishlari, shuningdek, Golden House «Family» sodiqlik dasturi ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.
Golden House «Family» − bu sodiqlik dasturi bo‘lib, unga ko‘ra Golden House'ning har bir yangi xaridori kompaniyaning imtiyozli mijoziga aylanadi va ko‘plab ustunliklarni qo‘lga kiritadi. Bu turli-tuman mahsulotlarga: mebel jihozlaridan tortib zamonaviy kiyimlargacha, qurilish mollaridan boshlab kosmetika mahsulotlarigacha bo‘lgan taniqli brendlardan chegirmalar, bonuslar, keshbeklar va boshqa ko‘plab foydali va qulay takliflarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, 30 noyabrga qadar xonadon to‘lovini amalga oshirgan mijozlar qo‘shimcha yoqimli bonusga ham ega bo‘ladi.
E'tiborga loyiq tarafi shuki, ushbu aksiya atigi 3 kun: 20, 21 va 22 noyabr (juma, shanba va yakshanba) kunlari amal qiladi. Shoshiling, qulay shartlar asosida xonadon xarid qilishga ulgurib qoling!
*-Aksiya imkoniyatlaridan faqatgina Greenwich savdo ofisi yoki Golden House markaziy savdo ofisida foydalanish mumkin.
Golden House markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.
Mo‘ljal: «Novomoskovskaya» TJM.
Greenwich savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi.
Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.
Telefon: +998 99 825-11-11
Call-markaz: +998 78 150-11-11
Sayt: gh.uz
Facebook: fb.com/goldenhouseuz
Instagram: @goldenhouseuz
Telegram: t.me/goldenhouseuz
Reklama huquqi asosida