Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy koreyalik hakerlar AstraZeneca xodimlariga hujum uyushtirdi
Shimoliy koreyalik hakerlar Britaniyaning koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan AstraZeneca kompaniyasi xodimlari qurilmalarini buzib kirishga uringan. Bu haqda manbalarga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Foto: Reuters
Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum kompaniyaning ko‘plab xodimlari, jumladan vaksina ustida ishlagan mutaxassislariga qarshi qaratilgan bo‘lgan.
Hakerlar LinkedIn va WhatsApp messenjerlarida o‘zlarini ishga yollovchilar deb tanishtirib, kompaniya xodimlariga ish taklif qilishgan. Shundan keyin hakerlar ularga vakansiya ta'rifi keltirilgan hujjatlarni yuborishgan. Ularda kompyuterga kirish uchun zararli kod saqlangan. Manbalarning ta'kidlashicha, qurilmalarni buzib kirishga urinishlar samarasiz bo‘lgan.
Avvalroq Rossiyaning Gamaleya nomidagi markazi o‘zi ishlab chiqqan “Sputnik V” vaksinasini AstraZeneca vaksinasi bilan kombinatsiyalashni taklif qilgan. Vaksinalarning samaradorligi mos ravishda 95 va 70 foizni tashkil qiladi. Rossiyalik mutaxassislar vaksinalarning birlashtirilishi AstraZeneca vaksinasi samaradorligini oshiradi deb hisoblashmoqda.
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi 200dan ko‘proq vaksina ishlab chiqilmoqda. Ulardan bir nechtasigina sinovlarning yakuniy bosqichiga yetib kelgan. BioNTech va Pfizer, Moderna, AstraZeneca va Gamaleya nomidagi markaz o‘z vaksinalarining samaradorligi yuqoriligini ma'lum qilishgan.
Mavzuga oid
20:02 / 05.11.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga yana besh ming askar yubordi
10:18 / 22.10.2025
Shimoliy Koreya sharq tomon bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
15:45 / 22.09.2025
Kim Chen In AQSh bilan muzokaralarga ochiq, ammo yadro qurolidan voz kechmaydi
07:30 / 22.09.2025