Qonun loyihasi: O‘qituvchilarga bir qator imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda
Adliya vazirligi Xalq ta'limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari bilan birgalikda “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, pedagog xodim deganda ta'lim tashkilotlarida (bog‘cha, umumta'lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum, oliy va undan keyingi ta'lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tushuniladi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma'lumot berishicha, qonun loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
1) pedagog xodimlarning sha'ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etish;
2) pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash;
3) pedagog xodimga umumiy belgilangan yoshdan besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqini taqdim qilish;
4) pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qilish uchun uning oylik ish haqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larni daromad solig‘idan ozod etish;
5) pedagog xodimga 56 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta'til, shuningdek, ta'til berilganida, kalendar yilida bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam berish;
6) pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshining eng kam miqdorini belgilash va ko‘p yillik xizmati uchun ustama to‘lash tizimini joriy etish;
7) pedagog xodimni kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash;
8) oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan, ammo ta'lim tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog xodimlarni OTMlarga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilish.
Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
-
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi
Sport | 11:41
-
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi
Jahon | 11:39
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
Mavzuga oid

14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025