Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada Blatter va Platiniga nisbatan yangi ayblovlar ilgari surildi
Shveytsariya federal prokuraturasi FIFA sobiq rahbari Zepp Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mishel Platiniga nisbatan tergov ishini kengaytirdi. Bu haqda prokuratura vakillari ma'lum qildi.
Ma'lumot berilishicha, endilikda ularga nisbatan "tovlamachilikda gumon qilinish" bo‘yicha ham surishtiruv olib borilmoqda. Shu sababli tergovchilar 1998-2015 yillarda FIFAni boshqargan Blatterning 2011 yilda tashkilot hisobidan Platini hisobiga 2 mln shveysar franki (1,8 mln yevro) o‘tkazganligi holatini o‘rganmoqda.
FIFA tarixidagi eng yirik mojaro 2015 yil may oyi oxirlarida, Shveytsariya politsiyasi Tsyurixdagi mehmonxonada tashkilotning to‘qqiz nafar amaldorini korrupsiyada gumon qilib qo‘lga olganida boshlangandi. O‘shanda sobiq va amaldagi 14 nafar futbol amaldoriga nisbatan ayblov e'lon qilingan.
Blatter va Platini FIFA axloq qo‘mitasining hakamlar palatasi tomonidan 8 yilga futbol faoliyatidan chetlashtirilgan. Keyinroq bu muddat qisqartirilgandi. Blatter mablag‘larni noo‘rin sarflash va xizmat mavqeini suiiste'mol qilishda ayblangan. Platini esa xuddi shu ayblovlardan tashqari, hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangan.
Mavzuga oid
17:01 / 09.11.2022
«Rossiyadan keyin JCh-2022 mezbonligini AQSh yutishi kerak edi, Qatarning tanlanishi – xato». Blatterning mojaroli iqrori
15:53 / 20.10.2022
Jyeneva prokuraturasi Platini va Blatterga chiqarilgan oqlov hukmi ustidan shikoyat qildi
19:45 / 08.07.2022
Zepp Blatter va Mishel Platini korrupsiya ishi bo‘yicha to‘liq oqlandi
17:06 / 09.06.2022