10:59 / 28.11.2020
7952
Reklama

«Suzane» O‘zbekistonda gulqog‘ozlar ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda

O‘zbekistonda gulqog‘ozlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanmoqda! 2020 yil dekabridan «SUZANE» brendi ostida gulqog‘ozlar ishlab chiqarish korxonasida ikkinchi liniya montaji boshlanadi, u 2021 yil fevral oyida ishga tushiriladi. 

Barcha turdagi gulqog‘ozlarning yangi dizaynlari taqdim etiladi. «Bo‘yash» va «ko‘piklangan vinil» gulqog‘ozlarini ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshadi. Biroq, asosiysi - «issiq bosma» uslubda eng yangi va zamonaviy dizaynlardagi turli-tuman gulqog‘ozlarni katta miqdorda ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

Va, albatta, bu o‘zgarishlarning asosiy natijasi mahsulot tannarxining pasayishi hamda sotuv qiymatining arzonlashuvidir! Bularning barchasi jahon me'yorlari darajasidagi oliy sifat bilan birga ta'minlanadi!

Shundan so‘ng, qo‘shimcha ishlab chiqarish liniyalari ishga tushiriladi, bu ham mamlakatimizga gulqog‘ozlar importini sezilarli kamaytiradi hamda ularning o‘rnini mahalliy ishlab chiqaruvchining yuqori sifatli mahsulotiga almashtiradi.

Natijada O‘zbekiston aholisiga jahon tasnifidagi gulqog‘ozlarni xorijnikidan birmuncha arzon narxlarda taqdim etish imkonini beradi.

Sayt: www.suzane-oboi.uz

Instagram: @suzane.official

Telegram-bot: @Suzaneoboi_bot

Reklama huquqi asosida

Top