Surxondaryoda 52 ming tonna paxta qo‘shib yozilgan bo‘lishi mumkin - bu viloyat rejasining 21,3 foiziga teng
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisobotiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida paxta xomashyosini topshirish bo‘yicha reja 82,3 foizga bajarilgan. Aslida, paxta topshirish rejasiga amalda yo‘q 21,3 foiz paxta qo‘shib yozilgani ma'lum bo‘lmoqda.

Foto: REUTERS/Stringer/Files
Bu holat Surxondaryo viloyat prokuraturasining Kun.uz tahririyati ixtiyoriga kelib tushgan 2020 yil 30 oktyabr sanasidagi № 11/1.1-20 sonli topshirig‘ida o‘z aksini topgan.
Viloyat prokurori o‘rinbosarlaridan biri imzolagan ushbu topshiriqda «Tahlillar, [Surxondaryo] viloyat bo‘yicha jami 52 121 tonna paxta xomashyosini qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatmoqda», deya ta'kidlanadi.
Qayd etib o‘tish joizki, Surxondaryo viloyatida 2020 yilda paxta xomashyosini tayyorlash bo‘yicha shartnomaviy reja 244 ming 800 tonna qilib belgilangan edi. Qo‘shib yozilgani taxmin qilinayotgan 51 121 tonna viloyat yillik paxta topshirish rejasining 21,3 foizini tashkil etadi.
Topshiriq matnida viloyat tumanlarida qanchadan paxta qo‘shib yozilganiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan:
- Qumqo‘rg‘on tumanida — 10 538 tonna;
- Angor tumanida — 9 488 tonna;
- Jarqo‘rg‘on tumanida — 9 183 tonna;
- Muzrabot tumanida — 8 526 tonna;
- Denov tumanida — 6 111 tonna;
- Oltinsoy tumanida — 1 470 tonna;
- Sho‘rchi tumanida — 1 716 tonna;
- Qiziriq tumanida — 1 477 tonna;
- Termiz tumanida — 1 470 tonna;
- Sariosiyo tumanida — 540 tonna;
- Uzun tumanida — 539 tonna;
- Sherobod tumanida — 508 tonna;
- Bandixon tumanida — 307 tonna paxta xomashyosini qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek, viloyatdagi 535ta fermer xo‘jaliklari paxta xomashyosi tayyorlash va topshirish rejasini 50 foizga ham bajarmagani ayon bo‘lmoqda. Sherobod tumanida — 205ta, Qiziriq tumanida — 166ta, Sho‘rchi tumanida — 50ta, Bandixon tumanida — 37ta, Uzun tumanida — 29ta, Denov tumanida — 19ta, Angor tumanida — 13ta, Jarqo‘rg‘on tumanida — 10ta, Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida 3tadan fermer xo‘jaliklari amalda rejani 50 foizga ham uddalashmagan.
Paxtachilik klasterlari hisoblanadigan «SHOSHMOXKASHOB» MChJ, «Surxondaryo agro xizmat» MChJ, «Termiz Jayxun Cluster» MChJ, «Surxon sifat Tekstil» MChJ, «Indenim Klaster» MChJ, «Angor Surxon G‘ururi» MChJ, «Muzrabat Indenim klaster» MChJ, «Bandixon Agroxizmat» MChJ kabilarning hisobotlarida aslida terilmagan paxta xomashyosini qo‘shib yozishgani ham ma'lum bo‘lmoqda.
Eng ajablanarlisi, yog‘ingarchilik kunlari ham Surxondaryoning paxta «xirmon»lariga xomashyo kirim qilingan.
Surxondaryodagi tuman prokurorlariga yo‘llangan topshiriqda qayd etilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan zudlik bilan prokuror nazorati hujjatlarini qo‘llab, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida viloyat prokuraturasiga 5 noyabrga qadar axborot berish so‘ralgan.
- Ma'lumot uchun: 2020 yil 29 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Boymoqli qishlog‘i hududidagi, xalq tilida «Juma bozor» nomi bilan taniqli bozor yonidagi Qumqo‘rg‘on paxta zavodida paxta yonib ketgan. Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, yong‘in «Termiz Jayxun Cluster»ga tegishliligi aytilayotgan paxta xirmonida kelib chiqqan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda 2020 yilda qancha paxta hosili yig‘ib olingani to‘g‘risida bergan ma'lumotiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati eng yomon natijani qayd etgan. Bundan tashqari, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham paxta rejasi bajarilmagan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13
-
Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti
O‘zbekiston | 17:00
-
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi
Fan-texnika | 16:59
-
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston | 16:16
Mavzuga oid

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

10:40 / 13.12.2024