O‘zbekiston | 12:08 / 01.12.2020
3956
1 daqiqa o‘qiladi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yangi rahbar tayinlandi

Joriy yil 30 noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va viloyat, shahar-tuman bosh imomlari hamda ulamolar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida marhum manbashunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov boshlagan ishlarni davom ettirish, markazga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash maqsadida markaz direktori lavozimiga yuqori malakali va salohiyatli nomzodni tayinlash kun tartibidagi asosiy vazifa etib belgilandi.

Shu vaqtga qadar Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasi direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan Shukrullo Umarov markaz direktori lavozimiga tayinlandi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yakuniga yetib borayotgan 2020 yilda markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish