Toşkent şahar hokimligi tomonidan işlab çiqilgan hujjat loyihasida «Davlat boji töğrisida»gi qonunni yangi band bilan töldiriş taklif etilgan.
Qonun 9-moddasining (Iqtisodiy sudlarda davlat bojini tölaşdan ozod qiliş) birinçi qismi 14-1-band bilan töldirilişi mumkin. Unda davlat organlari iqtisodiy sudlarda özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarni buziş töğrisidagi da'volar yuzasidan davlat bojini tölaşdan ozod qilinişi taklif etilmoqda.
Ma'lumot uçun, hozirda Iqtisodiy sudlarda davlat bojini tölaşdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) da'vogarlar — örmon daraxtlarini özboşimçalik bilan kesiş hamda örmondan foydalaniş, örmonni qöriqlaş va muhofaza qiliş tartibi va şartlarini boşqaça tarzda buziş tufayli örmon fondiga yetkazilgan zararni undiriş töğrisidagi, örmon xöjaligi daromadi summalarini (şu jumladan, örmon daraxtlarini ösib turgan joyida sotiş qoidalarini buzganlik uçun zarar va neustoykani, şuningdek özboşimçalik bilan örmon daraxtlarini kesganlik, piçan örganlik va mollarni ötlatganlik uçun jarimalarni) undiriş töğrisidagi işlar böyiça;
2) Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boşqarmalari — palata a'zolarining manfaatlarini közlab qilingan da'volar yuzasidan;
3) Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça hududiy kengaşlar — fuqarolarning özini özi boşqariş organlari manfaatlarini közlab qilingan da'volar böyiça;
4) nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari, şuningdek ularning muassasalari, öquv-işlab çiqariş korxonalari va birlaşmalari — barça da'volar böyiça;
5) Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining hududiy bölinmalari — «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni tölaşga ketgan mablağlarni taşkilotlardan undirib oliş böyiça da'volar, şu jumladan regress da'volar yuzasidan;
6) suğurta faoliyatini tartibga soliş va nazorat qiliş organi — majburiy suğurta operatsiyalari bilan boğliq barça işlar böyiça;
7) Suv xöjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning örnini qoplaş uçun mablağlarni davlat daromadiga undiriş töğrisidagi da'volar böyiça;













