Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
Chilonzor tumanida yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilayotgani sabab Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarida harakat cheklanadi.
Poytaxtning Shayxontohur tumani iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari».
Qayd etilishicha, mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi. Shu sababli, joriy yilning 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar:
- Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;
- Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.
«Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ko‘rsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026