O‘zbekistonda 2020 yilning 10 oyida rejadagidan 5 foizga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilgani aytildi
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 86 foizi IESlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatda 2030 yilga borib elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2 barobarga ortishi ma'lum qilindi.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov IESda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar haqida axborot berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning o‘tgan 10 oyi davomida respublikada 48,5 mlrd KVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, bu – joriy rejaga nisbatan 5 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 foizga ko‘pni tashkil etmoqda.
«2019 yilda O‘zbekistondagi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 56,4 mlrd KVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu miqdor 2015 yilga nisbatan 20 foizga oshganiga qaramay, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlari ortishi hisobiga 2030 yilga borib elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2 barobarga o‘sishi kutilmoqda.
Bunda ko‘zda tutilayotgan ehtiyojlar uchun atom elektr stansiyasi va muqobil energiya manbalariga asoslangan elektrostansiyalar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, asosiy yuk IES zimmasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iste'mol ortishi hisobiga investitsiya loyihalari doirasida 2020 yil yakuniga qadar jami 1177 MVt yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Bugungi kunga qadar shundan 805 MVt energobloklar foydalanishga topshirildi.
Bular – To‘raqo‘rg‘on IESda 450 MVtli ikkinchi, Taxiatosh IESda 280 MVtli birinchi bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirildi hamda Sirdaryo IESda 6-energoblokning quvvati 75 MVtga oshirildi. Qolgan 375 MVtga teng quvvatlar yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Respublikada jami elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmidagi IESning ulushi qariyb 86 foizni tashkil qiladi.
Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2020–2030 yillarda «O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta'minlash konsepsiyasi»ga binoan, 2030 yilgacha 70 mlrd KVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi», – dedi korxona rasmiysi.
Muhammadjon Bekmuhammedovning aytishicha, Taxiatosh IESda har birining quvvati 280 MVtga teng 2 ta bug‘-gaz qurilmasini bunyod etish bo‘yicha Janubiy Koreyaning Hyundai konsorsiumi ishtirokida umumiy qiymati 678,2 mln dollarga teng xalqaro loyiha amalga oshirilmoqda.
«Birinchi bug‘-gaz qurilma ayni paytda sinov-test rejimida ishlamoqda. Ikkinchi qurilma ham yaqin kunlarda ishga tushiriladi.
Stansiyada 1 KVt tokni hosil qilish uchun sarflanayotgan 430,3 gramm yoqilg‘i o‘rniga yangi qurilmada bu miqdor 266 gramm KVt soatni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida yiliga 488,6 mln kubometr gazni tejash imkonini beradi.
Shu bilan birga, issiqlik energiyasining 139 ming gegakoloriyaga oshishi hisobiga qo‘shimcha ravishda 100 ta maktabni, 200 ta bolalar bog‘chasini, 10 ta yirik korxonani issiqlik bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi», – deya «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ rasmiysining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Durov Fransiyadagi tergovchilarga Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi
Fan-texnika | 01:38
-
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
Fan-texnika | 00:50
-
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
Jahon | 00:18
-
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Mavzuga oid
17:49 / 14.01.2025
BAA kompaniyasi bilan chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:40 / 13.01.2025
Namangan va Andijonda qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
19:27 / 07.01.2025
Turkiya va Qatar Suriyaga ikkita suzuvchi elektr stansiya yuboradi
19:28 / 05.01.2025